Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

O‘zbekiston respublikasi Prezidenti tomonidan 09.11.2022 yilda "Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF–244-son farmoni qabul qilindi


O‘zbekiston respublikasi Prezidenti tomonidan 09.11.2022 yilda "Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF–244-son farmoni qabul qilindi

 

Mazkur farmon bilan davlat tomonidan tadbirkorlikni tartibga solishning cheklangan vositalari belgilandi.

- Tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solish vositalari faqat normativ-huquqiy va texnik normativ hujjatlar asosida joriy etiladi.

- Bunday hujjatlarda belgilanmagan tartibga solish vositalari huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi.

2023 yil 1 yanvardan quyidagilar bekor qilinadi:

-tadbirkorlar ustav fondini kamaytirishga oid qaror to‘g‘risida kreditorlarni yozma xabardor qilish va OAVda e’lon berish;

-yangi import avtomobillarini faqat yuridik shaxslar – ishlab chiqaruvchilarning rasmiy dilerlari tomonidan sotish;

-elektrni shartnomadagi hajmdan ko‘p ishlatgan yuridik shaxslarga elektr yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish;

-YaTT tomonidan yollangan xodimlarni Yagona milliy mehnat tizimida hisobga olish orqali soliq organlarida alohida hisobga qo‘yish.

 

2023 yil 1 martdan:

-soliq to‘lovchilarga sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo‘yicha qarorlar ustidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga shikoyat qilish huquqi beriladi;

-barcha yuridik shaxslarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali tijorat xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat beriladi;

-Hukumat qarorlari bilan amalga oshiriladigan summasi BHMning 3 500 baravari va undan ko‘p davlat xaridlari bo‘yicha buyurtmalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida bajarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;

-vazirlik, idora, muassasa va uning tarkibidagi tashkilot o‘rtasida qiymati BHMning 3 500 baravari va undan ko‘p tovarlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinishi taqiqlanadi.

 

 

Parkent tumani adliya

bo‘limi boshlig‘i                                                          G.Roxmonqulov