Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 08.11.2022 yilda “Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–415-son qarori qabul qilindi Qarorga muvofiq, 2022 yil 1 dekabrdan tijorat tashkilot


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 08.11.2022 yilda “Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ–415-son qarori qabul qilindi

Qarorga muvofiq, 2022 yil 1 dekabrdan tijorat tashkilotlari faoliyatida quyidagi talablar bekor qilinadi:

- quyidagi tashkilotlarda ichki auditni tashkil etish:

- mas’uliyati cheklangan jamiyatlar;

- aktivlarining balans qiymati BHMning 100 ming barobaridan kam, davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘p aksiyadorlik jamiyatlari va davlat unitar korxonalari;

- MChJning ta’sis shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

- MChJning vakillariga umumiy yig‘ilishda ishtirok etish uchun beriladigan ishonchnomani notarial tasdiqlash;

- MChJda zaxira jamg‘armasi tashkil etilganda, uning miqdorini ustav fondining kamida 15 foizi etib belgilash.

 

2023 yil 1 martdan unitar korxona yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat shaklida yuridik shaxs tashkil etish to‘xtatiladi.

 

2023 yil 1 apreldan:

- MChJ ustav fondiga qo‘shiladigan, qiymati BHMning 10 ming baravaridan ko‘p pulsiz hissalar baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi va baholangan qiymatdan yuqori bo‘lishi mumkin emas;

- yuridik shaxslar qayta tashkil etilganda, korxonalarning huquq va majburiyatlari qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga o‘tgan hisoblanadi.

- 2023 yil 1 iyuldan xo‘jalik jamiyatining filiallari, vakolatxonalari tashkil etilganligi va uning ustav fondi shakllantirilganligi hamda to‘lovga qobiliyatsizligi yuzasidan ish qo‘zg‘atilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da e’lon qilinadi.

 

 

Parkent tumani adliya

bo‘limi bosh maslahatchisi                                             A.Xamdamov