Янгиликлар
Vazirlar Maxkamasi tomonidan 14.10.2022 yilda "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi faoliyatini moliyalashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 597-son qarori qabul qilindi

2022/2023 o‘quv yilida Akademiya magistraturasiga o‘qishga qabul qilish amalga oshirilmaganligi sababli o‘quv yuklamalari kamaygan.
Mazkur Qarorga muvofiq, 2022/2023 o‘quv yilida Akademiyada 2021/2022 o‘quv yilida shakllangan 35 ta professor-o‘qituvchilar shtat birliklari saqlab qolinadi.
Professor-o‘qituvchilarning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar:
- 2022 yil sentabr-dekabr oylari uchun Akademiyaning 2022 yilga tasdiqlangan smetasi doirasida budjet mablag‘lari hisobidan;
- 2023/2024 o‘quv yiligacha esa 2023 yilga tasdiqlangan Davlat budjeti paramertlarida Akademiyaga ajratilgan mablag‘lardan moliyalashtiriladi.
Parkent tumani adliya
bo‘limi yetakchi maslahatchisi M.Mirxomidov