Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 08.11.2022 yildagi 650–son qarori bilan, “Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari to‘g‘risida” nizom tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 08.11.2022 yildagi 650–son qarori bilan, “Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari to‘g‘risida” nizom tasdiqlandi
Mazkur Nizomga ko‘ra, mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari har bir mahallada tashkil etiladi va yuridik shaxs hisoblanmaydi.
- Markazlarda bitta ijtimoiy loyiha doirasida 20 nafargacha xotin-qizlarning doimiy bandligini ta’minlash maqsadida bandligi ta’minlanadigan har bir nafar ishsiz xotin-qiz uchun tadbirkorlarga 3 million so‘mgacha davlat granti ajratiladi.
- Davlat granti quyidagi toifadagi xotin-qizlarni kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitish, ularning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga ko‘maklashishga qaratilgan loyihalar uchun ajratiladi:
- “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga, shuningdek “Ayollar daftari”ga kiritilgan;
-ishsiz, ayniqsa, qishloq joylarda bola tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan;
-xorijiy mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan;
-nogironligi bo‘lgan mehnatga layoqatli ishsiz;
-norasmiy bandlikni qisqartirish maqsadida kundalik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib, daromad topayotgan;
-odam savdosidan hamda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, mushkul iqtisodiy ahvolga tushib qolgan;
-umumiy o‘rta va professional ta’lim muassasalarini tugatgan, OTMga o‘qishga kira olmagan yoki oliy ta’limda o‘qish uchun imkoniyati bo‘lmagan ishsiz xotin-qizlar;
-muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilgan, profilaktik ro‘yxatga olingan, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan xotin-qizlar.
Parkent tumanei adliya
bo‘limi yetakchi maslahatchisi M.Mirxomidov