Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

O‘zbekiston Respublikasining yangi Mehnat Kodeksiga ko‘ra, 3 yoshgacha bolasi bor ayol yoxud 3 yoshgacha bo‘lgan bolani yolg‘iz tarbiyalayotgan ota (vasiy) bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra quyidagi asoslar bo‘yicha bekor qili


O‘zbekiston Respublikasining yangi Mehnat Kodeksiga ko‘ra, 3 yoshgacha bolasi bor ayol yoxud 3 yoshgacha bo‘lgan bolani yolg‘iz tarbiyalayotgan ota (vasiy) bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra quyidagi asoslar bo‘yicha bekor qilishga yo‘l qo‘yiladi:

 

        - tashkilot (uning alohida bo‘linmasi) o‘z muassislarining (ishtirokchilarining) yoki ta’sis hujjatlari bilan bunga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qarori bilan tugatilganligi yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faoliyatning tugatilganligi;

-xodimning o‘z mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzganligi;

-xodimning o‘z mehnat majburiyatlarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi.

- Amaldagi tartibga ko‘ra, 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

 

Parkent tumani adliya

bo‘limi boshlig‘i                                                      G.Roxmonqulov