Янгиликлар
Vazirlar Maxkamasining 04.11.2022 yildagi 645-son qarori bilan, “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” nizom tasdiqlandi.
Vazirlar Maxkamasining 04.11.2022 yildagi 645-son qarori bilan, “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” nizom tasdiqlandi.
Mazkur Nizomga ko‘ra, Jamg‘armaning asosiy maqsadi xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jumladan:
- og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga moddiy yordam ko‘rsatish;
- oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilikni tashkil etishda ko‘maklashish;
- mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashda ularga ko‘maklashish va rag‘batlantirishdan iborat.
Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash Jamg‘arma mablag‘lari sarflanadigan asosiy yunalishlardan biri hisoblanadi.
Ma’lumot uchun: Prezidentning 2022 yil 1 martdagi Farmoni bilan Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi sifatida qayta tashkil etilgan.
Parkent tumani adliya bo‘limi
bosh maslahatchisi A.Xamdamov