Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 12.10.2022 yilda “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi O‘RQ–793-son Qonuni imzolandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 12.10.2022 yilda “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi O‘RQ–793-son Qonuni imzolandi
Qonun bilan elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi munosabatlar tartibga solinadi.
Elektron raqamli imzoning va qo‘lda shaxsan qo‘yilgan imzoning bir xil ahamiyatga ega ekanligi e’tirof etildi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ERIdan foydalanish sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilandi.
- ERI kalitlarini ro‘yxatga olish markazi hamda shaxslar o‘rtasidagi ERIdan foydalanish sohasidagi munosabatlar shartnoma asosida amalga oshiriladi.
- ERI kalitini berish yoki uning sertifikatini ro‘yxatga olish bir ish kunidan oshmasligi kerak.
- ERI kalitiga ega bo‘lgan shaxslar ERI mavjud bo‘lishi talab qilinadigan davlat xizmatlarining barcha turlaridan erkin foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
- Jismoniy va yuridik shaxslar bir nechta ERI kalitlariga ega bo‘lishi mumkin. Har bir ERI kalitining sertifikatini ro‘yxatga olish belgilangan tartibda alohida amalga oshiriladi.
- ERI kaliti sertifikatining amal qilish muddati ro‘yxatga olingan paytdan e’tiboran 24 oydan oshmasligi kerak. Bunda ERIning amal qilish muddati ikki martadan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
- O‘zbekistonning xorijdagi fuqarolari, shuningdek chet el jismoniy va yuridik shaxslari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ERIni konsullik muassasalari, shuningdek diplomatik vakolatxonalarning konsullik bo‘limlari orqali olishi mumkin.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Parkent tumani adliya
bo‘limi yetakchi maslahatchisi M.Mirxomidov