Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 03.11.2022 yilda “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi O‘RQ–800-sonli Qonuni imzolandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 03.11.2022 yilda “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi O‘RQ–800-sonli Qonuni imzolandi
Mazkur Qonunga ko‘ra, O‘zbekistonning milliy standartlashtirish tizimini quyidagilar tashkil etadi:
-Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi;
-Standartlashtirish bo‘yicha milliy organ;
-davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;
-standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar.
Standartlashtirishning asosiy vazifalaridan biri fuqarolarning hayotini, sog‘lig‘ini va mol-mulkini hamda atrof-muhitni muhofaza qilishdan iborat.
Standartlashtirish rejasi quyidagi muddatli istiqbol uchun qabul qilinishi mumkin:
-qisqa (1 yilgacha);
-o‘rta (1 yildan 5 yilgacha);
-uzoq (5 yildan 10 yilgacha).
Standartlarning yagona axborot bazasi Standartlashtirish bo‘yicha milliy organ tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi.
Standartlarning toifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
- milliy standartlar;
- xalqaro (mintaqaviy) standartlar;
- xorijiy mamlakatlarning standartlari.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 12 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Parkent tumani adliya
bo‘limi yetakchi maslahatchisi M.Mirxomidov