Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 12.10.2022 yilda “Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlariga tegishli tashkilotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashishga oid qo‘shimcha chora-t


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 12.10.2022 yilda “Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlariga tegishli tashkilotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–390-son qarori qabul qilindi.

 

Mazkur Qarorga ko‘ra, yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar ishlab chiqarayotgan mahsulotlar:

- ko‘rgazma yarmarkasi doimiy tarzda o‘tkaziladi;

- hajmi va texnik parametrlari to‘g‘risidagi axborotlar 2022 yil 15 noyabrga qadar Elektron kooperatsiya portaliga joylashtiriladi;

-2023 yil 1 yanvarga qadar yagona reestri yuritilishi tashkil etiladi.

 

2023 yil 1 yanvardan boshlab davlat xaridlari doirasida tegishli tashkilotlar xarid predmeti hajmining kamida 10 foizi miqdorida o‘z hududida Reestrga kiritilgan korxonalar ishlab chiqargan tovarlarni sotib oladi.

- 2022 yil davomida tajriba tariqasida Nukus va Toshkent shaharlarida hamda 2023 yildan boshlab qolgan hududlarda “Imkoniyatlar markazi” faoliyati tashkil etiladi.

“Imkoniyatlar markazi”:

-nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maydoni sifatida faoliyat yuritadi;

-nogironligi bo‘lgan shaxslarning qiziqishidan kelib chiqqan holda kasb-hunarga o‘qitishga ko‘maklashadi.

 

 

Parkent tumani adliya

bo‘limi boshlig‘i                                                                             G.Roxmonqulov