Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 10.10.2022 yilda “Kimyo va gaz-kimyo sanoatini strategik rivojlantirishning maqsadli dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ–388-son qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 10.10.2022 yilda “Kimyo va gaz-kimyo sanoatini strategik rivojlantirishning maqsadli dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ–388-son qarori qabul qilindi.
Mazkur Qaror bilan mahalliy mineral xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash orqali yangi turdagi kimyo va gaz-kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish, sohaga mahalliy va xorijiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish maqsad qilindi.
Kimyoviy texnologik ilmiy-ishlab chiqarish klasterlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun quyidagi texnologik klasterlar tashkil etiladi:
-“Navoiy kimyo texnoparki”;
-“Farg‘ona kimyo texnoparki”;
-“Qoraqalpog‘iston kimyo texnoparki”.
2023 yil 1 aprelga qadar Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda “Navoiyazot” AJda texnik kompleks o‘rganish ishlari o‘tkaziladi hamda 2023 yil 1 avgustga qadar birlamchi bozor holatini o‘rganish yakunlanadi.
- 2023 yil 1 sentabrga qadar “Navoiyazot” AJda o‘tkazilgan texnik kompleks o‘rganish va birlamchi bozor holatini o‘rganish natijalari asosida jamiyatni rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi.
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Navoiy viloyati hokimligi tomonidan 2023 yil 30 iyunga qadar mazkur qaror bilan toifasi o‘zgartirilayotgan sug‘oriladigan yer uchastkalari maydoniga teng miqdorda yangi yerlar o‘zlashtirilishi ta’minlanadi.
Parkent tumani adliya
bo‘limi yetakchi maslahatchisi M.Mirxomidov