Янгиликлар
Kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish qoidalari Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3395, 31.10.2022 y.)
Kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish qoidalari Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3395, 31.10.2022 y.)
Mazkur Qoidalar kripto-do‘kon faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
- Kripto-do‘kon o‘z faoliyatini kripto-do‘konning elektron platformasi yoki savdo ob’ekti orqali amalga oshiradi.
Kripto-do‘konda quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi:
-kripto-do‘konning elektron platformasi orqali:
-jismoniy shaxslar tomonidan bank o‘tkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni milliy valyutada sotib olish yoki sotish;
-chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan bank o‘tkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni xorijiy valyutada sotib olish yoki sotish;
Kripto-do‘konning savdo ob’ekti orqali:
-jismoniy shaxslar tomonidan bank o‘tkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni milliy valyutada sotib olish;
-mijozlar tomonidan kripto-aktivlarni naqd pul ko‘rinishida milliy yoki xorijiy valyutada sotib olish;
-mijozlar tomonidan kripto-aktivlarni faqat milliy valyutada sotish.
Kripto-do‘konda quyidagi operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlanadi:
-majburiy identifikatsiyadan o‘tkazilmagan mijozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar;
-zbekiston rezidentlari tomonidan chiqarilgan kripto-aktivlar bilan operatsiyalar;
-anonim kripto-aktivlar hamda o‘zaro o‘zgarmas tokenlarni sotib olish yoki sotish operatsiyalari.
Parkent tumani adliya
bo‘limi yetakchi maslahatchisi M.Mirxomidov