Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 06.10.2022 yilda “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–387-son qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 06.10.2022 yilda “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–387-son qarori qabul qilindi.
Mazkur Qarorga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi korxonalariga va mahsulotlarni qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchi korxonalarga mablag‘lar ajratiladi.
Bunda:
-qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun kreditlar 150 million so‘mgacha garovsiz beriladi;
-kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlari yillik 14 foiz miqdorida belgilanib, 6 oygacha imtiyozli davr bilan 12 oy muddatgacha ajratiladi;
-ajratiladigan kreditlarning 50 foizigacha bo‘lgan qismi qarz oluvchi talabiga asosan naqd pulda taqdim etiladi;
-ajratiladigan kreditlar bo‘yicha Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari garov ta’minoti sifatida qabul qilinadi.
- Qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtiruvchilarga hosilni xavf-xatardan sug‘urta qilish xarajatlarining 50 foizi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan qoplab beriladi.
- 2022–2023 yillarda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtiriladigan maydonlar kamida 300 ming gektarga yetkazilishi belgilandi.
Parkent tumani adliya
bo‘limi boshlig‘i G.Roxmonqulov