Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 02.11.2022 yilda “Issiqxona xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–413-son qarori qabul qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 02.11.2022 yilda “Issiqxona xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–413-son qarori qabul qilindi
Mazkur Qarorga ko‘ra, issiqxona xo‘jaliklari va muzlatkichli omborxonalarning iqtisodiy jihatdan samarali ishlashi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratiladi.
- Issiqxona xo‘jaliklari va muzlatkichli omborxonalar uchun ajratilgan milliy va xorijiy valyutadagi kreditlarni qaytarish muddatlari umumiy hisobda 14 yil etib belgilanadi va imtiyozli davr 3 yildan 5 yilgacha uzaytiriladi.
- Issiqxona xo‘jaliklarini aylanma mablag‘ bilan ta’minlash uchun banklar tomonidan 1 yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan kredit ajratiladi.
- Bunda mazkur kreditlar Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligiga ajratilgan budjet ssudasi hisobidan moliyalashtiriladi.
-Issiqxona xo‘jaliklarida eksportbop mahsulot yetishtirishga talab etiladigan aylanma mablag‘lar uchun xorijiy valyutadagi bank kreditlari Eksportni rag‘batlantirish agentligi mablag‘lari hisobidan yillik 4 foiz stavkada (shundan, bank marjasi 2 foiz) ajratiladi.
-Ajratilgan kreditlarni qaytarish muddatlari issiqxonalarda hosilni yig‘ib olish va sotish muddatlariga moslashtiriladi.
- Issiqxona xo‘jaliklariga tabiiy gaz bo‘yicha to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirmaganlik uchun penya summasi 2022 yil 1 oktabrdan 2023 yil 1 aprelgacha, istisno tariqasida, hisoblanmaydi.
Parkent tumani adliya
bo‘limi boshlig‘i G.Roxmonqulov