Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Vazirlar Maxkamasi tomonidan 06.10.2022 yilda “Sportni rivojlantirish vazirligi tizimiga kiruvchi Denov va Urganch dzyudo sport mahorati maktablari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 580-son qarori qabul qilindi


Vazirlar Maxkamasi tomonidan 06.10.2022 yilda “Sportni rivojlantirish vazirligi tizimiga kiruvchi Denov va Urganch dzyudo sport mahorati maktablari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 580-son qarori qabul qilindi

 

Mazkur Qarorga ko‘ra, respublika va xalqaro musobaqalarda qatnashish uchun sport zaxirasini terma jamoalar tarkibiga tayyorlash, Denov va Urganch dzyudo sport maktablarining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

- Dzyudo maktablari o‘quvchilarining umumiy kontingenti o‘quvchilarning vazn toifalari va sinflarini hisobga olgan holda 210 nafardan ko‘p bo‘lmagan o‘quvchidan iborat etib shakllantiriladi.

- Dzyudo maktablariga sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab har yili 5-sinfga qabul qilinadi.

- 2022/2023 o‘quv yiliga qadar Dzyudo maktablarida boshqa sport turlari bo‘yicha tahsil olayotgan o‘quvchilar ushbu maktablarni to‘liq tamomlagunga qadar o‘qitilishi ta’minlanadi.

- Dzyudo maktablari o‘quvchilarining umumta’lim fanlaridan ta’lim olishi mazkur Dzyudo maktablarida tashkil etiladi.

 

Parkent tumani adliya

bo‘limi bosh maslahatchisi                                                A.Xamdamov