Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Vazirlar Maxkamasining 01.11.2022 yildagi 628-son qarori bilan “Gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilgan chorvachilik sub’ektlariga subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risida”gi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi


Vazirlar Maxkamasining 01.11.2022 yildagi 628-son qarori bilan Gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilgan chorvachilik sub’ektlariga subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi

 

Gidroponika – tuproqsiz sun’iy muhitda o‘simliklarni yetishtirish usuli.

 

Mazkur Nizomga muvofiq, gidroponika usulida ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilish xarajatining 20 foizi, uskuna qiymatining 100 mln. so‘mdan oshmagan qismi respublika budjetidan qoplab beriladi.

Subsidiya olish uchun my.vetgov.uz yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali hududiy “Chorvanasl” markazi tuman vakiliga murojaat qilinadi.

 

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

-uskunalarni o‘rnatish bo‘yicha shartnoma va hisobvaraq-faktura hujjatlari nusxasi;

-uskunalar import qilinganda bojxona yuk deklaratsiyasi nusxasi.

- Vakil arizani ko‘rib chiqish uchun tuman komissiyasiga taqdim qiladi va komissiya arizani ko‘rib chiqib 5 ish kunida xulosa beradi.

 

Xulosa “my.vetgov.uz” orqali “O‘zbekchorvanasl” agentligiga yuboriladi.

 

-Agentlik 1 ish kunida subsidiya berish yoki rad etish to‘g‘risida ariza beruvchini xabardor qiladi.

- Agentlik yil davomida subsidiya oluvchilardan tushgan arizalarni umumlashtirib pul ajratish uchun Moliya vazirligiga buyurtma beradi.

- Moliya vazirligi 1 ish kunida subsidiyani ariza beruvchining hisobraqamiga o‘tkazib beradi.

 

 

Parkent tumani adliya

bo‘limi yetakchi maslahatchisi                                      M.Mirxomidov