Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 06.03.2020 yilda “Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4633-son qarori qabul qilingan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 06.03.2020 yilda “Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4633-son qarori qabul qilingan
Mazkur qarorga ko‘ra, Paxta-to‘qimachilik klasterlari yo‘q hududlarda paxta tozalash korxonalari negizida fermer xo‘jaliklarining ixtiyoriy kooperatsiyalari tashkil etiladi.
Quyidagilar kooperatsiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
-kooperatsiya a’zolari tomonidan paxta yetishtirish uchun zarur texnika, uskuna, transportdan, paxta tozalash zavodlaridan birgalikda foydalanishni tashkil etish;
-kooperatsiya va ularning a’zolari o‘rtasidagi shartnoma asosida qishloq xo‘jaligi texnikasi, yonilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘it, urug‘lik, kimyoviy va biologik himoya vositalari bilan ta’minlash;
-kooperatsiya bilan hamkorlik qilish uchun eksport qiluvchilarni jalb etish, ichki va tashqi bozorlarda marketing tadqiqotlari o‘tkazish;
-kooperatsiya a’zolari tomonidan ishlab chiqariladigan paxta tolasi va ikkilamchi mahsulotlarni birjada yoki birjada shakllangan narxlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotish.
Parkent tumani adliya
bo‘limi boshlig‘i G.Roxmonqulov