Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasining 27.10.2022 yildagi O‘RQ–797-son qonuni bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi
O‘zbekiston Respublikasining 27.10.2022 yildagi O‘RQ–797-son qonuni bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi
Jumladan:
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, Mahalla huquq-tartibot maskanlarining profilaktika katta inspektorlari jamoat xavfsizligini ta’minlash holati to‘g‘risida har 6 oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etadi.
Shuningdek:
“Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, Mahalla huquq-tartibot maskanlari ichki ishlar organlarining faoliyatini bevosita mahallalarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha, shuningdek fuqarolarning xavfsizligi va osoyishtaligini ta’minlash borasida ichki ishlar organlari, boshqa huquq-tartibot organlari va jamoat tuzilmalarining hamkorlikda ishlashini mahallalar kesimida tashkil etish bo‘yicha amalga oshiradigan tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.
Mahalla huquq-tartibot maskanlari o‘z faoliyatini quyidagi tarkibda amalga oshiradi:
- profilaktika katta inspektori, profilaktika inspektori, profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchisi (har kunlik asosda);
-mazkur hududda xizmatni o‘tash uchun biriktirilgan tuman (shahar) ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori, probatsiya bo‘linmasi inspektori, tezkor vakil, patrul-post xizmati xodimlari;
-jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasiga ko‘maklashish uchun yuborilgan Milliy gvardiya bo‘linmasining va boshqa vakolatli davlat organlarining xodimlari, shuningdek jamoat tuzilmalarining vakillari.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Parkent tumani adliya
bo‘limi yetakchi maslahatchisi M.Mirxomidov