Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 26.10.2022 yilda “Respublikada mahalliy aviaqatnovlarni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–412-son qarori qabul qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 26.10.2022 yilda “Respublikada mahalliy aviaqatnovlarni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–412-son qarori qabul qilindi
Qarorga ko‘ra:
-2023 yil martdan Samarqand–Nukus, Samarqand–Mo‘ynoq, Samarqand–Termiz, Buxoro–Termiz, Namangan–Termiz va Namangan–Nukus kabi yangi yo‘nalishlarda muntazam aviaqatnovlarni boshlash;
-Shahrisabz va Sariosiyo aeroportlariga aviaqatnovlarni tiklash, shuningdek, Zomin aeroportiga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish;
-aviaqatnovlar jadvalini yo‘lovchilar uchun qulay bo‘lgan temir yo‘l, avtobus va mikroavtobus yo‘nalishlari bilan integratsiyalash orqali yagona logistika tizimini yaratish choralari ko‘riladi.
-O‘zbekistonning rezident aviakompaniyalariga ichki turizm yo‘nalishlaridagi aviaqatnovlar uchun avia chipta narxining 25 foizi miqdorida respublika budjetidan subsidiya ajratish muddati 2026 yil 1 yanvargacha uzaytiriladi.
-O‘zbekistonning rezident aviakompaniyalari 2028 yil 1 yanvargacha O‘zbekistonga olib kiriladigan, havo kemalariga xizmat ko‘rsatish texnikasi, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, texnik hujjatlar va dasturiy ta’minot uchun bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod qilinadi.
Parkent tumani adliya
bo‘limi yetakchi maslahatchisi M.Mirxomidov