Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 25.10.2022 yilda “Jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–409-son qarori qabul qilindi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 25.10.2022 yilda “Jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–409-son qarori qabul qilindi

 

Mazkur Qarorga ko‘ra, 2022 yil iyul–sentabr oylarida o‘tkazilgan tashabbusli budjetlashtirish jarayonlarida har biri 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan 364 ta loyihani amalga oshirish uchun qo‘shimcha 335 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.

 

2023 moliya yilidan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida moliyalashtiriladigan tadbirlar jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” axborot portali orqali ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi.

Shuningdek:

- hokimliklar budjetida shakllangan qo‘shimcha mablag‘larning 30 foizi tuman (shahar)larda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.

Qarorga ko‘ra:

-tuman (shahar) budjetlari mablag‘lari doirasida jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” axborot portali orqali tadbirlarni shakllantirish va ularga ovoz berish jarayonining birinchi mavsumi – har yili fevral–mart oylarida, ikkinchi mavsumi har yili iyun–iyul oylarida;

         -“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” axborot portali orqali keyingi yil uchun tadbirlarni shakllantirish va ularga ovoz berish jarayoni – har yili noyabr–dekabr oylarida o‘tkaziladi.

 

 

Parkent tumani adliya

bo‘limi boshlig‘i                                                           G.Roxmonqulov