Янгиликлар
Vazirlar Maxkamasi tomonidan 24.10.2022 yilda “Oliy ta’lim a’lochisi” hamda “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonlarini ta’sis etish to‘g‘risida”gi 616-son qaror qabul qilindi

Mazkur Qaror bilan, “Oliy ta’lim a’lochisi” hamda “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonlari ta’sis etildi.
- Ko‘krak nishonlari bilan oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim sohasida fidokorona mehnat qilayotgan, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida alohida namuna ko‘rsatib, soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fuqarolar taqdirlanadi.
- Ko‘krak nishonlari bilan mukofotlash Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri buyrug‘i asosida amalga oshirilib, u mukofotlangan shaxslarga 1 oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida topshiriladi.
Parkent tumani adliya
bo‘limi bosh maslahatchisi A.Xamdamov