Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 25.10.2022 yilda “2022–2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–408-son qarori qabul qilindi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 25.10.2022 yilda “2022–2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–408-son qarori qabul qilindi

 

Mazkur Qarorga ko‘ra joylarda ichki yo‘llar, ichimlik suv, elektr energiyasi va gaz ta’minoti hamda ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa infratuzilma ob’ektlari yaxshilanadi.

- Hokimliklar, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, “O‘zsuvta’minot” AJ va boshqa buyurtmachi tashkilotlar 2022 yil 15 noyabrga qadar Dasturlar doirasida amalga oshiriladigan loyihalarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqadi.

- Dasturlar doirasidagi qurilish-ta’mirlash ishlari “Obod qishloq” va “Obod mahalla” jamg‘armalari orqali moliyalashtiriladi.

- 2022 yilda ajratilib, yil yakuniga qadar o‘zlashtirilmasdan qolgan mablag‘lar Davlat budjetiga qaytarilmaydi va ushbu mablag‘lar 2023 yilda Dasturlarda nazarda tutilgan ob’ektlarning qurilish-ta’mirlash ishlarini yakunlashga yo‘naltiriladi.

Tuman (shahar) sektorlari va boshqa hududiy tashkilotlar rahbarlari har oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga Dasturlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida hisobot berib boradi.

 

 

Parkent tumani adliya

bo‘limi boshlig‘i                                                             G.Roxmonqulov