Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Sud ekspertizasi qachon oʻtkaziladi.


Sud ekspertizasi qachon oʻtkaziladi.

 

2010-yil 1-iyunida Oʻzbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida” gi qonuni qabul qilinib ijroga qaratilgan.

Sud ekspertizasi — fuqarolik, iqtisodiy, jinoyat va maʼmuriy sud ishlarini yuritishda ish holatlarini aniqlashga qaratilgan hamda sud eksperti tomonidan fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasidagi maxsus bilimlar asosida sud-ekspert tekshirishlarini oʻtkazish va xulosa berishdan iborat boʻlgan protsessual harakatdir.

Qonunning 7-moddasida – “Sud eksperti sud ekspertizasini oʻtkazishda sud ekspertizasini tayinlagan organdan, taraflardan va ishning natijasidan manfaatdor boʻlgan boshqa shaxslardan mustaqildir” deb belgilangan.

Qonunning 17-moddasida sud ekspertizasini oʻtkazish asoslari va muddatlari belgilangan boʻlib;

-Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudyaning qarori, sudning ajrimi sud ekspertizasini oʻtkazish asoslaridir. Sud ekspertizasi tegishli qaror yoki ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran tayinlangan hisoblanadi.

-Sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) tekshirishlarni oʻtkazish va xulosa berish uchun sud ekspertiga zarur boʻlgan tekshirish obyektlari hamda ish materiallarini taqdim etadi.

-Sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) tekshirish uchun namunalar oladi va ularni protsessual qonunda belgilangan tartibda ishga qoʻshib qoʻyadi. Zarur hollarda, bunday namunalarni olish sud ekspertizasini oʻtkazish topshirilgan sud eksperti yoki mutaxassis ishtirokida amalga oshiriladi.

Agar tekshirish uchun namunalar olish tekshirishlarning bir qismi hisoblansa va sud ekspertizasiga taqdim etilgan tekshirish obyektlaridan foydalanilgan holda sud eksperti tomonidan amalga oshirilsa, sud ekspertizasi tugallanganidan keyin mazkur namunalar uni tayinlagan organga (shaxsga) yuboriladi yoxud qonunchilikda belgilangan tartibda davlat sud-ekspertiza muassasasida, agar sud ekspertizasi ushbu muassasada oʻtkazilgan boʻlsa, saqlanadi.

Qonunning 17-moddasida Sud ekspertizasi qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻtkazilishi belgilangan.

 

Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi

Boshligʻi v.v.b.                                                      O. Satimov