Янгиликлар
Endilikda sud ekspertlari faoliyati baholab boriladi
Endilikda sud ekspertlari faoliyati baholab boriladi
Sud ekspertizasi — fuqarolik, iqtisodiy, jinoyat va maʼmuriy sud ishlarini yuritishda ish holatlarini aniqlashga qaratilgan hamda sud eksperti tomonidan fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasidagi maxsus bilimlar asosida sud-ekspert tekshirishlarini oʻtkazish va xulosa berishdan iborat boʻlgan protsessual harakat.
Sud-ekspertlik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda qonunlarida nazarda tutilgan inson huquq va erkinliklariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Shaxsning erkinligini vaqtincha cheklashni yoki uning shaxsiy daxlsizligi buzilishini talab etuvchi sud-ekspert tekshirishlari faqat qonunda belgilangan asoslar va tartibda oʻtkaziladi.
Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilot tomonidan sud ekspertizasi oʻtkazilishi munosabati bilan qabul qilingan qarorlar, sud ekspertining harakatlari oʻz huquq va erkinliklarining cheklanishiga olib keldi deb hisoblagan shaxs mazkur qarorlar, harakatlar ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
Sud eksperti sud ekspertizasini oʻtkazishda sud ekspertizasini tayinlagan organdan, taraflardan va ishning natijasidan manfaatdor boʻlgan boshqa shaxslardan mustaqildir.
Joriy yilning 13-dekabrida “Sud-ekspertlik faoliyatini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilinib, ushbu qaror bilan “Sud ekspertlarining faoliyatini reyting tizimida baholab borish toʻgʻrisida” namunaviy nizom qabul qilinib, ijroga qaratildi.
Mazkur nizom bilan:
-sud ekspertlarini reyting tizimida baholash va baholash mezonlari;
-reyting natijalari boʻyicha sud ekspertlarini ragʻbatlantirish, ragʻbatlantirishni kamaytirish yoki bekor qilish yoki intizomiy jazo qoʻllash;
-reyting koʻrsatkichlari yuqori sud ekspertlarining ishini ommalashtirish.
Shuningdek, davlat sud-ekspertiza muassasalariga ularning byudjetdan tashqari jamgʻarmalaridan 50 foizgacha qismini xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʻbatlantirsh uchun sarflashga ruxsat berildi.
Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi
yetakchi maslahatchisi N. Anarqulova