Янгиликлар
Qachon qoʻshimcha va qayta sud ekspertizasi oʻtkaziladi?
Qachon qoʻshimcha va qayta sud ekspertizasi oʻtkaziladi?
Sud ekspertizasi deganda biz -fuqarolik, iqtisodiy, jinoyat va maʼmuriy sud ishlarini yuritishda ish holatlarini aniqlashga qaratilgan hamda sud eksperti tomonidan fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasidagi maxsus bilimlar asosida sud-ekspert tekshirishlarini oʻtkazish va xulosa berishdan iborat boʻlgan protsessual harakatni tushunamiz.
Sud ekspertizasini oʻtkazish 2010-yil 1-iyunida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida” gi qonuni bilan tartibga solinadi.
Mazkur Qonunning 18-moddasida qoʻshimcha va qayta sud ekspertizalari oʻtkazish tartibi belgilangan boʻlib;
-Qoʻshimcha sud ekspertizasi xulosasidagi boʻshliqlarning oʻrnini toʻldirish uchun tayinlanishi va shu yoki boshqa sud eksperti (sud ekspertlari komissiyasi) tomonidan oʻtkazilishi, xulosa asoslantirilmaganda yoki uning toʻgʻriligiga shubha tugʻilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki sud ekspertizasini oʻtkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilganda qayta sud ekspertizasi tayinlanishi, qayta sud ekspertizasi tayinlanganda sud eksperti (sud ekspertlari komissiyasi) oldiga ilgari qoʻllanilgan tekshirish usullarining ilmiy asoslanganligi toʻgʻrisidagi masala qoʻyilishi mumkinligi, qayta sud ekspertizasini tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda qayta sud ekspertizasini tayinlagan organning birinchi sud ekspertizasi xulosasiga qoʻshilmaganligi sabablari koʻrsatilishi lozimligi hamda qayta sud ekspertizasini oʻtkazish boshqa sud ekspertiga (sud ekspertlari komissiyasiga) topshirilishi, birinchi sud ekspertizasini oʻtkazgan sud eksperti (sud ekspertlari komissiyasi) qayta sud ekspertizasini oʻtkazishda hozir boʻlishi va tushuntirishlar berishi mumkinligi, lekin u tekshirish oʻtkazish va xulosa tuzishda ishtirok etmasligi belgilab qoʻyilgan.
Shuningdek, qonunning 19-moddasida - sud ekspertizasining sud ekspertlari komissiyasi tomonidan oʻtkazilishi taartibi belgilangan boʻlib;
-Sud ekspertizasi bir xil (komissiyaviy sud ekspertizasi) yoki turli xil (kompleks sud ekspertizasi) sud-ekspert ixtisosligidagi bir necha sud eksperti tomonidan oʻtkazilishi mumkinligi, sud ekspertizasining sud ekspertlari komissiyasi tomonidan oʻtkazilishi, sud ekspertizasini tayinlagan organ yoki mazkur ekspertizaning oʻtkazilishini tashkil etuvchi davlat sud-ekspertiza muassasasi yoxud boshqa tashkilot rahbari tomonidan belgilanishi, sud ekspertizasini oʻtkazish topshirilgan sud ekspertlari komissiyasi oʻz oldiga qoʻyilgan masalalarni hal etish zarurligidan kelib chiqib, oʻtkaziladigan tekshirishlarning maqsadi, ketma-ketligi va hajmini kelishishi, sud ekspertizasini oʻtkazish topshirilgan sud ekspertlari komissiyasi tarkibidagi har bir sud eksperti tekshirishlarni mustaqil va alohida olib borishi, shaxsan oʻzi va komissiyaning boshqa aʼzolari tomonidan olingan natijalarni baholashi, hamda qoʻyilgan savollar yuzasidan oʻz maxsus bilimlari doirasida fikrlarini shakllantirishi belgilangan.
Bundan tashqari, tekshirishlarning sud ekspertlari komissiyasi tarkibiga kiritilmagan shaxslar tomonidan toʻliq yoki qisman oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmasligi belgilangan.
Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi raxbari S. Jamalov.