Янгиликлар
“Yoshlar daftari” ga kimlar kiritiladi.
“Yoshlar daftari” ga kimlar kiritiladi.
“Yoshlar daftari”ga 14 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan, oila aʼzosi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” yoki “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan, yetim yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, oʻziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan ishga layoqatsiz, I yoki II guruh nogironligi boʻlgan, farzandida I yoki II guruh nogironligi boʻlgan, jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan, ota-onasidan birida I yoki II guruh nogironligi boʻlgan, ikkinchisi esa ish faoliyatini toʻxtatgan holda bemorga qarashga majbur boʻlgan yoxud ota-onasining har ikkisida I yoki II guruh nogironligi boʻlgan, yuzaga kelgan holatlar sababli ogʻir turmush sharoitida qolgan, zoʻravonlik va ekspluatatsiya, tabiiy ofatlar, halokatlar, yongʻinlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sogʻligʻiga, mulkiga zarar yetgan, “Mehribonlik” uyi, bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan, haq toʻlanadigan ishga yoki ish haqi keltiradigan mashgʻulotga ega boʻlmagan, davolanishga muhtoj boʻlgan bemor yoshlar, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan, muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan, psixologik maslahatga muhtoj, nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan yosh oila va dehqonchilik yoki tomorqa xoʻjaligini yuritayotgan hamda yosh tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtgan yoshlar kiritiladi.
Moddiy ahvoli qiyin yoshlarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlashning aniq miqdori yoshning hayotiy vaziyati murakkabligini inobatga olgan holda BHMning 4 baravarigacha miqdorda Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq toʻlab beriladi.
Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi
boshligʻi v.v.b. O. Satimov