Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

“Yoshlar daftari” dan qachon chiqariladi.


“Yoshlar daftari” dan qachon chiqariladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 7-iyundagi “Yoshlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qaroriga asosan “Yoshlar daftari”dan bandligi taʼminlangan yoki doimiy daromad manbaiga ega boʻlganda, toʻlov-kontrakt asosida oʻqish boʻyicha yillik xarajatlar belgilangan tartibda toʻlab berilganda, tadbirkorlik faoliyati hamda oʻzini oʻzi band qilish maqsadida noturar joyning ijara xarajatlari qoplanganda yoki mazkur faoliyat uchun zarur boʻlgan asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratilganda, turar joy ijara kompensatsiyasi belgilangan tartibda toʻlab berilganda, malakali tibbiy xizmat koʻrsatilganda, toʻliq davlat taʼminotiga olinganda, aniqlangan boshqa muammolari qonuniy hal etilganda, oʻz arizasiga koʻra, “Yoshlar daftari”ga noqonuniy kiritish holati aniqlanganda, boshqa davlatlarga ishlash yoki doimiy yashash uchun chiqib ketganda va sudning ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi hukmi qonuniy kuchga kirganda, arizachiga koʻmak berish boʻyicha ish olib borish imkonini bermaydigan boshqa holatlar yuzaga kelganda hamda arizachi vafot etgan taqdirda chiqarilishiga yoʻl qoʻyiladi.

Shuningdek, doimiy va vaqtincha yashash uchun respublikaning boshqa hududiga koʻchib oʻtganda, doimiy yashash va vaqtincha turar joyi boʻyicha roʻyxatga olingan kundan boshlab oʻn besh kundan kechiktirmasdan “Yoshlar daftari”ga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.

 

 

Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi

yetakchi maslahatchisi                                                  N. Anarqulova