Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Oila, xotin-qizlar va keksa avlod vakillari bilan ishlash tizimi joriy etildi.


Oila, xotin-qizlar va keksa avlod vakillari bilan ishlash tizimi joriy etildi.

 

Konstitutsiyamizning 46-moddasida “Xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqli” deb belgilanganligi mamlakatimizda gender tengligini taʼminlash, xotin-qizlarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi rolini oshirish borasidagi tizimli islohotlar uchun huquqiy asosdir.

Oila, xotin-qizlar va keksa avlod vakillari bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, mahallalarni qoʻllab-quvvatlashni yanada takomillashtirish, mahallabay ishlashga masʼul boʻlgan shaxslar faoliyatini samarali tashkil etish va oʻzaro hamkorligini taʼminlash maqsadida joriy yilning 1-mart kunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi farmoni qabul qilinib ijroga qaratilgan.

Mazkur farmon bilan oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari etib:

-xotin-qizlarning taʼlim va kasbiy koʻnikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama koʻmaklashish, tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini toʻgʻri yoʻnaltirish;

-gender tenglikni taʼminlash siyosatini davom ettirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qoʻllab-quvvatlashga doir islohotlarni amalga oshirish;

-hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda xotin-qizlarga koʻrsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini, ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini taʼminlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish;

-turar joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlash, turmush va mehnat sharoitlarini yaxshilash, daromadlarini koʻpaytirish borasida tizimli chora-tadbirlarni belgilash;

-ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam koʻrsatish, ularni “Ayollar daftari” orqali manzilli qoʻllab-quvvatlash;

-jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zoʻravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash;

-oilaning tarbiyaviy-taʼlim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni yaxshilash va ularning farovonlik darajasini oshirish belgilangan.

Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi

yetakchi maslahatchisi                                            N. Anarqulova