Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisida ish yuritish tartibi kiritildi


Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisida ish yuritish tartibi kiritildi

 

Qonun (OʻRQ–810, 16.12.2022-y.) bilan “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi”ga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

Qonun bilan Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksning muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni koʻrib chiqishga doir normalarini Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻtkazish hamda tegishli ishlarni koʻrib chiqishni maʼmuriy sudlardan jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlariga oʻtkazish belgilandi.

Unga koʻra, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisida ish yuritish tartibi kiritildi.

Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsning reabilitatsiya markaziga joylashtirilishini talab qiluvchi asoslar aniqlanganda, ichki ishlar organi bunday shaxs ichki ishlar organiga keltirilgandan eʼtiboran 48 soatda uni reabilitatsiya markaziga 30 sutkadan koʻp boʻlmagan muddatga joylashtirish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma yuborish uchun materiallarni tayyorlashi shart.

Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi materiallar bunday shaxs aniqlangan yerdagi yoki reabilitatsiya markazi joylashgan yerdagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudiga ichki ishlar organi tomonidan beriladi.

Iltimosnoma taqdim etilgan paytdan eʼtiboran 24 soat ichida sudya tomonidan yopiq sud majlisida yakka tartibda koʻrib chiqiladi.

 

Yuqori Chirchiq tuman adliya bo`limi yetakchi maslahatchisi

Jahongir Zokirov