Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

O`zbekiston va AQSHda elektron davlat xizmatlarini ko`rsatish sohasining huquqiy asoslari: qiyosiy tahlil.


O`zbekiston va AQSHda elektron davlat xizmatlarini ko`rsatish sohasining huquqiy asoslari: qiyosiy tahlil.

 

 

Oybek Buriyev

Yuqori Chirchiq tuman adliya bo`limi boshlig`i

 

Jahongir Zokirov

Yuqori Chirchiq tuman adliya bo`limi yetakchi maslahatchisi

 

Texnologiya rivojlangan davrda internet hayotimizni o`zgarishiga olib keldi, deyarli odatiy ish tarzimiz, muloqotimiz, yurish –turishimiz va hatto davlat xizmatlaridan foydalanishda ham uning hissasi kun sayin oshib bormoqda. Ayniqsa sun’iy iltellektdan foydalanish ko`plab ijobiy o`zgrishlarga olib kelmoqda. Masalan, davlat tashkilotlarida “Eleketron hukumat” tizimini yo`lga qo`yish buyruqbozlikni, qog`ozbozlikni, byurokratiyani va ortiqcha sansongarchilikni oldini oldi desak, bizningcha, mubolag`a bo`lmaydi. Elektron davlat xizmatlarini ko`rsatish tizimi ham aynan qayd etilgan holatlarni bartaraf etish uchun tashkil etilgan, albatta.

O`zbekiston va AQSHda elektron davlat xizmatlarini ko`rsatish sohasini tahlil qilar ekanmiz, avvalombor, o`z oldimizga o`rganilishi lozim bo`lgan vazifalarni belgilab olishimiz maqsadga muvofiq bo`ladi.

Birinchidan, elektron hukumat tushunchasi, ishlash prinsipi va huquqiy

asosi;

Ikkinchidan, O`zbekistonda davlat xizmatlari ko`rsatishning o`ziga xos shakllari va ahamiyati;

Uchinchidan, AQSHda davlat xizmatlari ko`rsatishning o`ziga xos shakllari va ahamiyati o`rganiladi.

O`rganilishi lozim bo`lgan birinchi holatga to`xtalsak. Elektron hukumat — davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi[1]

Demak, elektron hukumat davlat tashkilotlari va jismoniy hamda yuridik shaxslar o`rtasidagi munosabatlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li tartibga soluvchi texnik vositalar tizimi ekan. An’anaviy byurokratiya tizimidan vos kechish maqsadida elektron tizimni joriy qilish bilan bog`liq bo`lgan say harakatlar so`nggi o`n yilliklarda boshlandi va bu tegishlicha sohada inqilob yasadi. Misol uchun, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev O'zbekiston Respublikasi xizmatlar sohasini rivojlantirish maqsadida “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi hamda davlatimiz rahbari bu haqida tarmoq va hudud rahbarlari raqamlashtirishsiz natija, rivojlanish bo‘lmasligini tushunib yetishi shartligini, barcha darajadagi rahbarlar buni o‘ziga kundalik vazifa sifatida belgilab, raqamlashtirish sohasini alifbosidan boshlab chuqur o‘rganishi kerakligini ta’kidladilar[2].

Shu o`rinda, raqamlashtirish tushunchasiga ta’rif berib olamiz. Raqamlashtirish - raqamlashtirish qog'oz arxivlar hujjatlarni skanerlash va kataloglashni o‘z ichiga oladi. Tashkilot, kompaniya qanchalik katta bo'lsa, uning hujjat aylanishi qanchalik murakkab bo'lsa, uning arxivlarida shunchalik ko'p hujjatlar saqlanadi va shunga mos ravishda arxivlarni raqamlashtirish xizmatlari yanada jozibali ko'rinadi [3] . Bundan anglashiladiki, barcha davlat organlari va tashkilotlari 2030-yilgacha to`liq raqamlashtirilishi, hujjatlarni elektron shaklda yuritish lozim ekan.

O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasida elektron hukumatning vazifalari belgilangan bo`lib, unga ko`ra ariza beruvchilar uchun mamlakatning butun hududida davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarni elektron hukumat doirasida amalga oshirish bo‘yicha

imkoniyatlar yaratish, xususan elektron hujjat aylanishi, davlat organlarining o‘zaro hamkorligi va ularning ma’lumotlar bazalari o‘rtasida axborot almashinuvi mexanizmlarini shakllantirishda “bir darcha” prinsipini joriy etish, tadbirkorlik subyektlarining elektron tijorat, Internet jahon axborot tarmog‘i orqali mahsulotni sotish va xaridlarni amalga oshirish tizimlaridan foydalanishini, shuningdek kommunal xizmatlarni hisobga olishning, nazorat qilishning va ular uchun haq to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etishni kengaytirish belgilangan.

Bundan tushuniladiki, har qanday hujjatlar elektron shaklda amalga oshirilishi lozim, xoh davlat xizmatlarida bo`lsin, xoh tovar oldi-sotdi qilish bo`lsin barchasi elektron tarzda amalga oshirilishi kerakligi kun tartibiga qo`yilmoqda. Shu munosabat bilan ikkita muhim normativ-huquqiy hujjatni keltirib o`tishimiz lozim bo`ladi, ya’ni mazkur hujjatlarsiz elektron hukumatni tasavvur qilib bo`lmaydi. Bular, O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida” Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida” Qonunidan iborat.

Tabiiyki, elektron hukumatni faoliyatini ta’minlashda elektron hujjatning o`rni kata. Shu sababli, elektron hujjatga qo`yilgan talablarni ko`rib chiqamiz.

O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida” Qonuni 6moddasiga ko`ra, elektron hujjatning majburiy rekvizitlari ko`rsatilgan bo`lib, ular:

•      elektron raqamli imzo;

•      elektron hujjatni jo‘natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki elektron hujjatni jo‘natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;  elektron hujjatni jo‘natuvchining pochta va elektron manzili;  hujjat yaratilgan sana[4].

Guvohi bo`lganimzdek, elektron raqamli imzo va taraflarning nomi, manzili va san majburiy rekvizit ekan, ya’ni ushbularsiz elektron hujjat yaratilgan hisoblanmaydi.

Endi, elektron raqamli imzoni aniqlashtirib olamiz. O‘zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida” Qonunga muvofiq elektron raqamli imzo — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo[5]. Mazkur ta’rifda yopiq kalit va ochiq kalit iborasi ishlatilmoqda. Bizningcha, yopiq kalit bu faqatgina imzoning egasida bo`ladi va undan maxsus kod orqali foydalanadi. Ochiq kalit esa hamma ko`rishi mumkin bo`lgan imzo bo`lib, ko`p hollarda “QR”kod shaklida bo`ladi.

Bilamizki, elektron hukumat elektron hujjatsiz, elektron hujjat esa elektron imzosiz faoliyatda qo`llanilmaydi. Yuqoridagi ikki qonunni keltirib o`tishimizning boisi ham shunda, aslida.

Elektron hukumat quyidagi asosiy modullardan(tizimlardan) iborat:

ü G2C(Government to Citizens) — Hukumat-fuqarolarga

ü G2B(Government to Business) — Hukumat -biznesga

ü G2G(Government to Government) — Hukumat –hukumatga[6]

Elektron hukumatning mazkur ko`rinshi ayni damda O`zbekiston hududida ham ishlamoqda. Anglaganingizdek, gap davlat xizmat ko`rsatish markazlari haqida ketmoqda. Quyida ushbu markazlar haqida fikr yuritililadi.

O`zbekistonda davlat xizmatlari ko`rsatishning o`ziga xos shakllari va ahamiyati.

Keling, davlat xizmatlarini ko`rsatish markazlarining tarixiga e’tibor qaratamiz. “Yagona darcha” markazlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 23 avgustdagi “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 181-son qarorini hamda BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va O‘zbekiston hukumati tomonidan imzolangan “2010-2015 yillar davri uchun mamlakatga oid dasturni amalga oshirish bo‘yicha xatti-harakatlar rejasi”ni bajarish doirasida tashkil etila boshladi[7].

Shu asnoda elektron davlat xizmatlarini ko`rsatuvchi tashkilotga asos solishga va uning vazifa, funksiyalarini ishlab chiqshga kirishib ketiladi. Nihoyat,

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.09.2017-yildagi “O‘zbekiston Respublikasi yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 728-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qaror yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (keyingi o‘rinlarda Yagona portal deb ataladi) maqsadini, vazifalarini va ish tartibini belgilab berdi. Biroz vaqt o`tib, 12.12.2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3430-sonli qarori bilan Davlat xizmatlari agentligi Adliya vazirligi huzurida tashkil etildi va rasman davlat xizmatlarini ko`rsatuvchi markaz faoliyatiga asos solindi. 2018-yilning boshida markazlarda jami

37 turdagi davlat xizmatlari koʻrsatilgan bo`lsa, hozirga kelib 356 turdagi davlat xizmatlari amalga oshirilmoqda 8 . Shu orada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.03.2022 yildagi PF-89-son Farmoni bilan Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy boshqarmalari hamda Intellektual mulk agentligi va uning hududiy markazlarini vazifa, funksiya va vakolatlarini Adliya vazirligiga o‘tkazgan holda qo‘shib olindi[8].

Yuqorida aytilganidek, aynan davlat xizmatlari ko`rsatish G2C (Hukumatfuqarolarga), G2B(Hukumat -biznesga) va G2G(Hukumat –hukumatga) shaklida faoliyat yuritmoqda.

“Gap o`z isboti bilan” deganlaridek, fikrimizni quyidagi misollar bilan asoslashga harakat qilamiz.

Birinchi navbatda, G2C (Hukumat-fuqarolarga) kelsak, fuqarolar ko`plab davlat xizmatlaridan foydalanishmoqda va davlat tashkilotlarining xizmat ko`rsatish faoliyati tegishli ma’muriy reglament bilan belgilanib qo`yilgan. Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 698-sonli qarori asosida fuqarolar o`zlari (YIDXP) orqali yoki davlat xizmatlari markaziga kelgan holda ariza qoldirib, kommunal xizmatlarning barchasidan foydalanishlari mumkin. Deylik, bir fuqaro ichimlik suv hisoblagichini o`rnatish uchun ariza qoldirganda ma’muriy reglament bo`yicha yig`im (54000 so'm (0.18 BHM)) undiriladi va 14 kun ichida maxsus metrologiya xizmati xodimlari tomonidan o`rnatib beriladi.

Ikkinchi holatda, ya’ni G2B(Hukumat -biznesga)ga to`xtaladigan bo`lsak, o`ylaymizki, davlar yurtimizdagi barcha yuridik shaxslar davlat xizmatlari markazlaridan minnatdor. Chunki, avvallari birgina yuridik shaxsni ro`yxatdan o`tkazish bir necha oylar va hatto ortiqcha sarson-sargardonlikni keltirib chiqarar edi. Hozirgi kunga kelib esa tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo`lgan fuqarolar  

“Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to`g`risida”gi nizomga muvofiq real vaqt rejimida, lekin 30 minutdan oshmagan vaqtda davlat ro`yxatidan o`tishlari va o`z faoliyatini boshlashlari mumkin.

Umuman olganda, davlat xizmatlari markazlarining ustun jihatlari ko‘p. Mazkur tizim orqali aholi va tashkilotlarga bir qancha davlat va jamoat xizmatlari bir joyda ko‘rsatiladi. Bu esa, o‘z navbatida, fuqarolarga zarur ma’lumotlar olish va boshqa xizmatlardan foydalanishlarida vaqtni tejash barobarida, ortiqcha rasmiyatchilik holatlarini qisqartirishga yordam beradi[9].

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, fuqarolar va yuridik shaxslar davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoit yaratish maqsadida joriy yilning

22-avgust     kuni     O‘zbekiston     Respublikasi     Prezidentining     “O‘zbekiston

Respublikasida identifikatsiya id-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 6065-sonli Farmoni qabul qilindi11. Qayd etilishicha, ushbu qaror elektron shaklda foydalanish mumkin bo‘lgan davlat xizmatlari bo‘yicha aholning idorama-idora sarson bo‘lib yurishini oldini olishga xizmat qiladi hamda turli ovoragarchiliklarga va xizmatdan foydalanish uchun tashkilotlarda uzundan-uzoq navbat kutib turishiga chek qo‘yadi. Mobil-ID tizimi shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalaydi va ularga davlat ximzatlaridan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga bormasdan, o`z shaxsiy kabinetlaridan foydalangan holda kirish imkoniyatini beradi.

Endi uchinchi shakl G2G(Hukumat –hukumatga) haqida fikr yuritamiz. Bunda xizmat ko`rsatish davlatlar organlari va tashkilotlari o`rtasida amalga oshiriladi. Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2022yildagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 5168-sonli qaroriga muvofiq tuman va shaharlarda adliya bo`limi yuridik xizmat ko`rsatish markazlari tashkil etildi. Mazkur tashkilotning asosiy vazifasi quyi va o`rta tizimdagi davlat tashkilotlariga yuridik xizmat ko`rsatish hisoblanadi. Mazkur tashkilotlar jumlasiga moliya bo`limi, xalq ta’limi bo`limi, maktabgacha ta’lim bo`limi tibbiyot birlashmasi, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi va shunga o`xshash jami 19 ta davlat organlarining hududiy bo`limlari hamda 3 ta davlat tashkiloti bosqichma-bosqich yuridik xizmat ko`rsatish markazlariga biriktirladi. Ushbu xizmat ko`rsatish “E-huquqshunos” elektron platformasi orqali amalga oshiriladi[10].

Yuqorida ko`rib chiqqanimiz faqatgina Adliya vazirligi tizimida edi. Agarda, boshqa davlat tashkilotari kesimida ham olib qaralsa, elektron davlat xizmat ko`rsatishi yilda-yilga o`sib borayotganlgini ko`rimishimiz mumkin.

O`rganilishi lozim bo`lgan uchinchi vazifa: AQSHda davlat xizmatlari ko`rsatishning o`ziga xos shakllari va ahamiyati qanday?

Bilamizki, Amerika Qo`shma Shtatlarida (keyingi o`rinda AQSH deb yuritiladi) kompyuter texnologiyasi, xususan internet birinchi bo`lib vujudga kelgan va hozirgi kunga kelib, dunyoning eng katta kompyuter va EHM uchun dasturlar ishlab chiqaradigan kompaniyalari u yerda joylashgan. Shu nuqtayi nazardan aytadigan bo`lsak, elektron hukumat va elektron davlat xizmatlarini yo`lga qo`yishda birinchilardan bo`lganligiga shubha yo`q. AQSHda elektron hukumatni yaratishga bo`lgan harakatlar 1990-yillar oxirida boshlangan bo`lsa-da, 2002-yil 17dekabrda "Elektron hukumat to'g'risida"gi qonunni qabul qiladi[11]. Mazkur qonunga ko`ra, boshqaruv va byudjet departamenti tarkibida elektron axborotni boshqarish va davlat xizmatlarini yaxshilash hamda idoralararo hamkorlikni ragʻbatlantirish uchun masʼul boʻlgan yangi agentlikni (Elektron hukumat idorasini) tashkil etadi.

Bundan tashqari, elektron hujjatlarni loyihasini, unga qo`yilgan talablarni va reglamentlarini ishlab chiqish hamda “Elektron hukumat”ni boshqa federal agentliklar, shtat va mahalliy hukumatlarga yo`lga qo`yishda yordam beradigan Bosh axborot kengashi yaratiladi. Shuningdek, aholining axborotdan foydalanishini osonlashtirish, davlat xizmatlari va tranzaktsiyalarini takomillashtirish, agentliklarning axborot texnologiyalari loyihalarini muvofiqlashtirish va rejalashtirishni takomillashtirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun “Elektron hukumat” jamg‘armasi ham tashkil etiladi.

AQSHda elektron hukumat fuqarolar, tadbirkorlik subyektlariga va boshqa davlat idoralariga shtat va federal davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish imkonini beradi. 1990-yillarda internetdan foydalanish ko'payganidan beri Qo'shma Shtatlardagi odamlar ko'plab davlat dasturlari, jumladan elektron ovoz berish, sog'liqni saqlash va soliq deklaratsiyasidan onlayn foydalanishlari mumkin[12].

Andrew Chadwick and Christopher Mayning ta’kidlashicha, e-hukumatning uchta asosiy modeli mavjud bo`lib, boshqaruvchi, maslahatchi va ishtirokchilardan iborat[13].

Boshqaruv modeli hukumatdan fuqarolarga vertikal axborot oqimini ta'kidlaydi. Bu model samaradorlikka, ayniqsa axborot va xizmatlarni yetkazib berish tezligini oshirishga, shuningdek, xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan. Ushbu model hukumat va uning fuqarolari o'rtasida mijoz tipidagi munosabatlarni o'rnatadi, xuddi mamlakatimizdagi davlat xizmatlari markazi kabi.

Maslahatchi model, shuningdek, vertikal axborot oqimini ta'kidlaydi, lekin ko'proq fuqarolar tomonidan elektron shaklda ifodalangan jamiyat manfaatlariga qaratilgan harakatlarda qatnashishda foydalanish uchun mo`ljallangan. Bu asosan onlayn saylovlar va saylovchilarning boshqa fikrlarini o'z ichiga oladi va fuqarolarning katta miqdordagi ishtirokini talab qiladi.

Boshqa ikkitasidan farqli o'laroq, ishtirokchi model keng jamoatchilik uchun samaraliroq hisoblanadi. Ushbu model texnologiyadan universal va keng foydalanish natijasida hukumat va fuqarolarning o'zaro hamkorligini ta’mnlaydi hamda mamlakatimizdagi regulation.gov.uz sayti kabi qonun normalarini ishlab chqishda dolzarb hisoblanadi,

Boshqaruv modelida fuqarolar davlat xizmatlaridan foydalanishi mumkin ekan. Mazkur xizmatlar usa.gov deb nomlanuvchi sayt orqali amalga oshiriladi[14]. Mazkur saytda taklif etilayotgan xizmatlarni quyidagi 1-rasmdan ko`rishimiz mumkin:

E’tibor berilsa, deyarli barcha xizmat turlari bitta saytga biriktirilgan bo`lib, ta’limdan tortib, ish qidirish, sayohat va saylovlar va ovoz berishgacha bo`lgan davlat xizmatlari mavjud ekan. O`ylaymizki, barcha davlat xizmatlari elektron shaklda amalga oshirilsa va bitta tashkilot orqali undan foydalanish imkoniyati yaratilsa, fuqarolar ham, tadbirkorlar ham va hatto davlat tashkilotlari ham ortiqcha sarson-sargardonlikdan xalos bo`ladi, qog`ozbozlik va keraksiz xarajatlarning oldi olinar edi.

1-rasm

Yuqoridagi fikr va mulohazalardan kelib chiqib, quyidagilar xulosa o`rnida qayd etildi:

Birinchidan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish orqali hukumat va uning fuqarolari o'rtasidagi ishtirok va o'zaro munosabatlarni mustahkamlash O`zbekiston Respublikasining rivojlanishi uchun muhim rol o`ynaydi. Elektron hukumat tufayli tegishli davlat xizmatlaridan foydalanishda aholiga qulayroq bo‘ladi, davlat dasturlari esa arzonroq va samaraliroq jamiyatga tatbiq etiladi. Bu ko'pchilik fuqarolarga o'z uylaridan chiqmasdan siyosiy jarayonning bir qismiga aylanish imkonini beradi hamda hukumatga nisbatan jamoatchilik nazoratini kuchaytiradi.  

Ikkinchidan, fuqarolarni elektron hukumatga jalb qilishning yana bir foydasi fuqarolar va davlat o‘rtasida ishonchni mustahkamlashdir. So'nggi o'n yilliklarda fuqarolarning hukumatga umumiy ishonchi pasaydi. Elektron hukumat esa axborot, davlat dasturlari va mansabdor shaxslarning faoliyatini jamoatchilik nazorati asosida kuzatib borish imkoniyatini taklif etadi.

Uchinchidan, yuqorida guvohi bo`ldikki, AQSHda davlat xizmatlaridan foydalanishda aholiga keng qamrovli imkoniyatlar berilgan. Demoqchimizki, mamlakatimizga ham shunga o`xshash davlat xizmatlarini raqamlashtirish choratadbirlari ishlab chiqilishi lozim. Bizningcha, buning natijasida aholiga keng imkoniyatlar yaratiladi va ortiqcha davlat tashkilotlari tugatilib, byudjetning tejalishiga olib kelinadi.

       

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:

1)      O‘zbekiston Respublikasining “ELEKTRON HUKUMAT TO‘G‘RISIDA”gi Qonuni https://lex.uz/docs/-2833860

2)      Shavkat Mirziyoyev: Bu ishlarni kelgusi 2-3 yilda toʻliq amalga oshirmasak, har bir kechikkan yilimiz mamlakatimizni 10 yil orqaga tortadi https://yuz.uz/uz/news

3)      https://ak-govorova.ru/uz/propiska-detejj/chto-takoe-ocifrovkaskanirovanie-arhiva-kak-ocifrovyvayutsya/

4)      O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 20-son https://lex.uz/ru/docs/-165079

5)      O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi https://lex.uz/docs/-64467

6)      Abdiraimov A. FEATURES OF ELECTRONIC GOVERNMENT AND SERVICES DIGITALIZATION //Science and Innovation. – 2022. – Т. 1. –

№. 7. – С. 327-331.  

7)      Barcha davlat xizmatlari bir oynada! https://infocom.uz/barcha-davlathizmatlari-bir-oynada/

8)      https://my.gov.uz/oz

9)      Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y https://lex.uz/ru/docs/-5914998

10) Babakulov, Аzamat Sotiboldiyevich YAGONA DARCHA TAMOYILI

ASOSIDA DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATISHNING MILLIY

QONUNCHILIKDAGI AYRIM JIHATLARI VA XALQARO TAJRIBA //

ORIENSS. 2021. №9. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/yagona-darchatamoyili-asosida-davlat-xizmatlari-ko-rsatishning-mil... (дата обращения: 01.12.2022).

11) Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.09.2020-y https://lex.uz/docs/-5015098

12) Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y https://lex.uz/docs/5482934

13) Introducing e-Gov: History, Definitions, and Issues https://www.researchgate.net/publication/234008823    

14) Public Governance of Healthcare in the United States: A Transaction Costs

Economics (TCE) Analysis of the 2010 Reform

15) Chadwick, Andrew; May, Christopher (April 2003). "Interaction between States and Citizens in the Age of the Internet: "e-Government" in the United States, Britain, and the European Union". Governance. 16 (2): 271–300.

doi:10.1111/1468-0491.00216.

16) https://www.usa.gov




[1] O‘zbekiston Respublikasining “ELEKTRON HUKUMAT TO‘G‘RISIDA”gi Qonuni https://lex.uz/docs/-2833860


[2] Shavkat Mirziyoyev: Bu ishlarni kelgusi 2-3 yilda toʻliq amalga oshirmasak, har bir kechikkan yilimiz amlakatimizni 10 yil orqaga tortadi https://yuz.uz/uz/news


[3] https://ak-govorova.ru/uz/propiska-detejj/chto-takoe-ocifrovka-skanirovanie-arhiva-kak-ocifrovyvayutsya/


[4] O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 20-son https://lex.uz/ru/docs/-165079


[5] O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi https://lex.uz/docs/-64467


[6] Abdiraimov A. FEATURES OF ELECTRONIC GOVERNMENT AND SERVICES DIGITALIZATION //Science and Innovation. – 2022. – Т. 1. – №. 7. – С. 327-331.  


[7] Barcha davlat xizmatlari bir oynada! https://infocom.uz/barcha-davlat-hizmatlari-bir-oynada/ 8 https://my.gov.uz/oz


[8] Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y https://lex.uz/ru/docs/-5914998


[9] Babakulov, Аzamat Sotiboldiyevich YAGONA DARCHA TAMOYILI ASOSIDA DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATISHNING MILLIY QONUNCHILIKDAGI AYRIM JIHATLARI VA XALQARO TAJRIBA // ORIENSS. 2021. №9. URL:

https://cyberleninka.ru/article/n/yagona-darcha-tamoyili-asosida-davlat-xizmatlari-ko-rsatishning-mi... (дата обращения: 01.12.2022). 11 Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.09.2020-y https://lex.uz/docs/-5015098


[10] Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y https://lex.uz/docs/-5482934


[11] Introducing e-Gov: History, Definitions, and Issues https://www.researchgate.net/publication/234008823   


[12] Public Governance of Healthcare in the United States: A Transaction Costs Economics (TCE) Analysis of the 2010 Reform


[13] Chadwick, Andrew; May, Christopher (April 2003). "Interaction between States and Citizens in the Age of the Internet: "e-Government" in the United States, Britain, and the European Union". Governance. 16 (2): 271–300. doi:10.1111/1468-0491.00216.


[14] https://www.usa.gov