Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

O'zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlarda intellektual mulk obyektlarini boshqarish, baholash va tijoratlashtirishning qiyosiy tahlili


O'zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlarda intellektual mulk obyektlarini boshqarish, baholash va tijoratlashtirishning qiyosiy tahlili

 

Oybek Buriyev

Yuqori Chirchiq tuman adliya bo`limi boshlig`i

 

Jahongir Zokirov

Yuqori Chirchiq tuman adliya bo`limi yetakchi maslahatchisi

Hozirgi kunda dunyo bo`ylab globallashuv jarayoni tez sodir bo`lmoqda. Deyarli har kuni innovatorlar va ijodkorlar navbatdagi ixtirolari, o`z aqliy mehnatining mahsulini amalyotga tatbiq qilishga tayyor turishadi. Afsuski, intellektual mulk va uning qiymati ko'pincha yetarli darajada baholanmaydi. Borgan sari intellektual mulk biznes faoliyatini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yangi mahsulotlar, brendlar va ijodiy dizaynlar deyarli har kuni bozorda paydo bo'ladi va bular bevosita insonning uzluksiz aqliy mehnati va ijodkorligi natijasidir. Ta’kidlash joizki, intellektual mulk obyektlarini samarali boshqarish va tijoratlashtirish hamda muhofaza qilish natijasida mamlakat iqtisodiyotiga juda kata miqdorda sarmoya olib kelinishi mumkin. Xususan, Amerika Qo`shma Shtatlarida (AQSH) birgina 2019 yilning o`zida mualliflik huquqining asosiy sohalari AQSh yalpi ichki mahsulotiga 1,5 trillion dollar daromad keltirib, AQSh yalpi ichki mahsulorining 7,41% ni tashkil qiladi. Shuningdek, 5,7 million amerika fuqarolari ish bilan ta’minlangan, shundan, davlat sektorida band bo`lganlar 3,79% va xususiy sektorlarda band bo`lgan esa 4,46%ni tashkil etgan[1].

Mazkur raqamlar intellektual mulk huquqining qanchalik darajada muhimligini ko`rsatadi. O`z navbatida, O`zbekiston Respublikasida ham bu sohani rivojlantirish yuzasidan bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Shu jumladan, O‘zbekistonda intellektual mulkni bevosita tartibga solishga qaratilgan 8 ta qonun va o‘ndan ortiq qonunosti hujjatlari qabul qilingan. Intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarni buzgan shaxslarga nisbatan ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan. Qolaversa, 2022-2026-yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasida intellektual mulk himoyasi sohalarida milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlarining talablariga muvofiqlashtirish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqish vazifasi belgilangan[2].

Birinchi holatda O'zbekiston va xorijiy mamlakatlarda intellektual mulk obyektlarini boshqarish bilan bog`liq jarayonlarni tahlil qilar ekanmiz, avvalombor,

                                                        

intellektual mulk tushunchasi va uning obyektlarini aniqlashtirib olish maqsadga muvofiq bo`ladi.

Intellektual mulk – bu inson o`zining aqliy faoliyati narijasida ixtirolar, adabiy va san’at asarlari hamda belgilar, nomlar yaratishi tushuniladi[3]

Intellektual mulk obyekti ― jismoniy yoki yuridik shaxsning intellektual faoliyat natijalari hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining tovarlar, ishlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalarga bo‘lgan mutlaq huquqi[4].

Bir so`z bilan aytganda ijodiy jarayon natijasida har doim yangi obyekt yoki jarayon yaratiladi va bu o`z-o`zidan inellektual mulk hisoblanadi.

O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1031-moddasiga muvofiq intellektual mulk oybektlariga mualliflik huquqi (fan, adabiyot va san’at asarlari) va turdosh huquqlar (ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlarning ko‘rsatuvlari yoki eshittirishlari), sanoat mulki (ixtiro, foydali model va sanoat namunalari), EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari, shaxsiylashtirish vositalari (firma nomlari, tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi, geografik ko‘rsatkichlar), seleksiya yutuqlari (o‘simliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlari), oshkor etilmagan axborot, ishlab chiqarish sirlari (nou-xau) hamda integral mikrosxema topologiyalari kiradi.

Yuqorida ko`rganimizdek, intellektual mulk obyektlari jamiyatimizda turli ijtimoiy munosabatlar bo`ylab sochilib yotgan bo`lsa-da, ular o`rtasida uzviy bog`liqlik bor bo`lib, ular yagona intellektual mulk tushunchasi ostida birlashadi. Mazkur obyektlarni boshqarish, baholash va tijoratlashtirish muhim ahamiyatga ega. Yuridik fanlar bo`yicha falsafa doktori, kafedra dotsenti I.Yoqubova ta’kidlaganlaridik, jahonning ko‘pgina o‘lkalarida intellektual mulk davlat tomonidan himoyalanadi. Intellektual mulk mamlakat iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismiga aylanib borayotgani inobatga olinsa, sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish dolzarb vazifa hisoblanadi[5].

Shu nuqta’i nazardan kelib chiqsak, O`zbekistonda ham intellektual mulk obyektlarini boshqarishda davlat organlarining ahamiyatini oshirish yuzasidan bir qator qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Jumladan, intellektual mulk sohasini rivojlantirish mamlakatimizning jahon integratsiyasidagi asosiy omil ekanligidan kelib chiqib, intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirishni yanada keng tatbiq qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-89-son Farmoniga muvofiq, Intellektual mulk agentligi va uning hududiy markazlarini vazifa, funksiya va vakolatlari Adliya Vazirligiga o`tkazilgan holda qo`shib olindi[6].

Bundan tashqari, 2022-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish strategiyasi hamda boshqa normativhuquqiy hujjatlarga ko`ra, intellektual mulk huquqini boshqarish va ularni ro`yxatdan o`tkazish hamda davlat reestrini yuritishda Adliya Vazirligi Intellektual mulk departamenti vakolatli organ ekanligi belgilangan. Agentlik sanoat mulki obyektlariga patent berish haqidagi talabnomalarni ko‘rib chiqish uchun qabul qiladi, ular bo‘yicha davlat ekspertizasini o‘tkazadi, ularni davlat ro‘yxatiga oladi, sanoat mulki obyektlariga patentlar beradi[7].

Ushbu normadan maxsus organ barcha intellektual mulk obyektlarini boshqarishda vakolatli degan tushuncha kelib chiqmasligi lozim. Chunki, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 1056-moddasiga ko‘ra, muallifga asardan har qanday shaklda va har qanday usulda foydalanishda mutlaq huquqlar tegishli ekanligi belgilangan. Ushbu qoidani sharhlasak, mualliflik huquqi obyektlaridan muallifning o`zi foydalanishi, ya’ni boshqarishi mumkin degan xulosa kelib chiqadi. Mazkur fikrimizni O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonuni 56-moddasi bilan asoslashga harakat qilamiz. Ushbu moddaga ko`ra, fan, adabiyot va san’at asarlarining mualliflari, ijrochilar, fonogrammalarni tayyorlovchilar yoki boshqa huquq egalari o‘z mulkiy huquqlarini amalga oshirish maqsadida o‘z mulkiy huquqlarini jamoaviy asosda boshqaradigan tashkilotlar tuzishga haqli ekanligi belgilangan.

Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqarish uchun vakolatlar bevosita huquq egalari tomonidan ixtiyoriy ravishda yozma shartnomalar asosida, shuningdek mulkiy huquqlarni boshqarishni amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlar (shu jumladan chet el tashkilotlari) bilan tuzilgan tegishli shartnomalar bo‘yicha beriladi. Shunga o'xshash qoidalar turdosh huquqlar obyektlariga nisbatan ham qo'llaniladi[8].

Anglashimizcha, mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar muallif bilan yozma shartnoma asosida mutloq huquqlarni boshqarish va uning natijasida yig`ilgan daromadlarni muallifga yetkazish majburiyatini olgan holda faoliyat yuritadigan nodavlat notijorat tashkiloti ekan. Mualliflar, ijrochilar, prodyuserlar va boshqa huquq egalari professional jamoaviy boshqaruv tashkilotlariga o'z huquqlarini boshqarish huquqini berish orqali ushbu huquqlarni boshqarishni soddalashtirishi mumkin[9].

Shuni ta’kidlash lozimki, mualliflik huquqi obyektlarini davlat ro`yxatidan o`tkazish amalyoti milliy qonunchilikda nazarda tutilmagan va amalyotda qo`llanilganini guvohi bo`lmadik [10] . Bizningcha, mualliflik huquqini davlat ro`yxatidan o`tkazishning imkoni yo`q, ya’ni har bir foydalanilgan asar (ijro, fonogramma) muallifi bilan xususiyatlariga qarab shartnoma tuza olishni davlat ro`yxatidan o`tkazish bajarib bo`lmas topshiriqdek go`yo. Chunki, bu turdagi asarlarning soni va miqdori juda ko`p hamda huquq egalari o`z asarlarining huquqiy muhofazasini va shartnomalar tuzishni jismonan hal qila olmaydilar. Shunday holatda mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar ushbu vazifalarni amalga oshiruvchi yagona vosita ekanligi ma’lum bo`ladi. Bu turdagi tashkilotlar muallif nomidan harakat qiladi, shartnomalar tuzadi, belgilangan haqlarni yig`adi va taqsimlaydi hatto sudda muallif manfaatlarini ko`zlab harakat qiloladi[11].  

E’tibor berilsa, FKning 57-moddasida muallif bilan mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar o`rtasida tuzilgan shartnomalar mualliflik shartnomalariga o`xshamasligi ta’kidlangan. Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar va mualliflar o`rtasidagi huquqiy munosabatlar topshiriq shartnomasi xarakteriga ega hisoblanadi[12]. Topshiriq shartnomasi bo‘yicha bir taraf (vakil) ikkinchi taraf (topshiriq beruvchi)ning nomidan va uning hisobidan muayyan yuridik harakatlarni sodir etish majburiyatini oladi. Vakil tuzgan bitim bo‘yicha huquq va majburiyatlar bevosita topshiriq beruvchida vujudga keladi. Topshiriq vakil tomonidan bir yoki bir necha muayyan yuridik harakatlarni sodir etish haqida yoki topshiriq beruvchining ishlarini uning ko‘rsatmalariga muvofiq yuritish haqida berilishi mumkinligi belgilangan[13].

Bundan tashqari, yuqorida ta’kidlangan qonunning 57-moddasida mulkiy huquqlarni boshqarishni amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlar degan jumla ishlatilganligini guvohi bo`ldik. Boshqa tashkilotlar deyilganda, fikrimizcha, noshirlik faoliyati bilan shug`ullanadigan, shuningdek, musiqa studiyalari nazarda tutilmoqda. Sababi, mazkur tashkilotlar shartnoma asosida muallifning mutlaq huquqlaridan foydalanishi va kelishuv asosida foydalanilgan asarlar uchun tegishli haqlarni yig`ish bilan faoliyat ko`rsatadi

.Endi intellektual mulk obyektlarini boshqarish faoliyati boshqa xorij mamlakatlarida qay darajada amalga oshirilayotganligi haqida so`z yuritiladi. Jahon tajribasida mulkiy huquqlarni jamoaviy boshqarish 2 xil tizimda tashkil etiladi. Birinchisi raqobat tizimi bo`lib, bunda faoliyat yo`nalishidan kelib chiqib, turli shu tusdagi tashkilotlar tuzilishiga yo`l qo`yiladi. Ikkinchisi esa monopilistik tizim bo`lib, bunda mamlakatda faqatgina yagona mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot tuzilishi belgilangan[14]. Masalan, Amerika Qo`shma Shtatlari amalyotiga e’tibor berilsa, 13dan ortiq mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar borligini ko`rishimiz mumkin. Xususan, Amerika nashriyotchilari assotsiatsiyasi Qo'shma Shtatlardagi qonun va siyosoy masalalari bo'yicha yetakchi kitob, jurnal va akademik nashriyotlarni himoya qilish va boshqarish faoliati bilan shug`ullanadi[15].

Bundan tashqari, jahonda 2ta asosiy mulkiy huquqlarni boshqarish bo`yicha xalqaro tashkilot mavjud bo`lib, biri Muallif va bastakorlar jamiyati xalqaro konfederatsiyasi (CISAC) hamda ikkinchisi esa Reprografik huquqlarni takrorlash bo`yicha tashkilotlar xalqaro federatsiyasi (IFRRO) hisoblanadi.

Muallif va bastakorlar jamiyati xalqaro konfederatsiyasi (CISAC) 119 mamlakatdagi 228 aʼzoga ega jamiyat bo`lib, musiqa, audiovizual, drama, adabiyot va tasviriy san’at kabi turdosh huquqlarni barcha a’zo davlat hududida 4 milliondan ortiq ijodkorlarning manfaatlarini himoya qiladi. Mazkur tashkilot

1926-yilda tashkil etilgan hamda CISAC nodavlat notijorat tashkilot boʻlib, bosh qarorgohi Fransiyada va mintaqaviy idoralari Afrika, Janubiy Amerika (Chili), Osiyo-Tinch okeani (Xitoy) va Yevropada (Vengriya) joylashgan[16]. E’tibor bersak, CISAC asosan butun dunyo bo'ylab ijodkorlarning huquqlarini himoya qiladigan, ya’ni turdosh huquqlarni boshqaruvchi tashkilot hisoblanar ekan.

Agar mazkur amalyot bo`yicha Mustaqil davlatlar hamdo`stligi a’zolari qonunchiligiga to`xtalsak, sanoat mulki obyektlarini boshqarish va ularni himoya qilish bo`yicha o`ziga xos tizim yo`lga qo`yilgan desak mubolag`a bo`lmaydi.

Demoqchimizki, Yevroosiya patent tashkilotiga a’zo davlatlarda mazkur tashkilot muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur tashkilotga hozirgi kunda 8 ta davlat a’zo bo`lib, bevosita ixtirolarga patent berish, sanoat mulki obyektlarini ro`yxatdan o`tkazish va ularni himoya qilish faoliyati bilan shug`ullanadi[17].  

Ikkinchi holat bu – O`zbekiston va xorijiy mamlakatlarda intellektual mulk obyektlarini baholash tizimini tahlil qilish hisoblanadi.

Ushbu holatni tahlil qilishimiz uchun O`z navbatida O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining “O‘zbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartini tasdiqlash haqida” 3239-sonli buyrug‘iga murojaat qilishimiz lozim bo`ladi.

Unga ko`ra, nomoddiy aktivlar, shu jumladan, intellektual mulkni identifikatsiya qilishda baholovchi taqdim etilgan hujjatlarning baholash obyekti va unga bo‘lgan huquqlarning haqiqiy holatiga muvofiqligini aniqlaydi. Baholash jarayonida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan farazlar va cheklovchi shartlar tahlili amalga oshiriladi. Intellektual mulk obyektini baholashga oid vazifada 1-son MBSda ko‘rsatilgan axborotga qo‘shimcha quyidagi axborotlar bo‘lishi kerak:

ü intellektual mulkka berilgan huquqiy muhofaza rejimi haqida, shu jumladan, huquqiy muhofaza hajmi, muddatlari, hududi, intellektual mulkka mutlaq huquqlarga nisbatan cheklovlar (boshqa shaxslar talablarining yuklanishlari) haqida;

ü baholanishi kerak bo‘lgan intellektual mulkka nisbatan huquqlar hajmi haqida;

ü tarkibida baholash obyekti bo‘lgan obyektlar yig‘indisi (yoki yagona texnologiya, yoxud qo‘shimcha aktivlar) haqida; ü litsenziya mukofotining hisoblangan miqdori.

Baholash maqsadi va baholash obyektining xususiyatlariga qarab baholashga oid vazifa qo‘shimcha shartlarni o‘z ichiga olishi mumkin[18].

Demak, intellektual mulk obyektlarini baholash uchun tegishli hujjatlar yig`ilgandan so`ng bir qator usullar asosida baholash amalga oshiriladi. Jumladan, qiyosiy yondashuv (bozor yondoshuvi ham deyiladi) bo`lib, undan foydalanganda nomoddiy aktiv qiymati bozorning faolligidan (masalan, bir xil yoki o‘xshash aktivlar bilan bitimlar) kelib chiqqan holda aniqlanadi, ya’ni muayyan intellektual mulk obyekti bilan bir xil va o`xshash bo`lgan aktivlar o`rganiladi. Ushbu usul qo‘llanganda nomoddiy aktivlar qiymati yaqinda sodir bo‘lgan sotuvlarning haqiqiy narxlari yoki o‘xshash obyektlarga talab va taklif haqidagi axborotni o‘rganish yo‘li bilan olingan taklif narxlarini taqqoslash orqali aniqlanadi.

Demoqchimizki, mazkur usulda qiymatni aniqlashda xulosaga kelish uchun shunga o'xshash intellektual mulk obyektlarini sotish yoki sotib olish bilan taqqoslanadigan bozor operatsiyalarini ko'rib chiqadi.

Ikkinchi baholash usuli esa bu - daromad yondashuvi bo`lib, bundan foydalanilganda intellektual mulk obyektining qiymati qiymati baholanayotgan nomoddiy aktivning uning iqtisodiy xizmati muddati davomidagi ko‘rsatilgan daromad qiymati, pul oqimlari yoki sarf-xarajatlardagi tejash asosida aniqlanadi.

Ya’ni, bu usulda oldingi va kelajakdagi daromadlar asosida intellektual mulkka tegishli foydalar oqimini ko'rib chiqadi.

Daromad yondashuvi nomoddiy aktivlarni baholashda qo‘llaniladigan eng keng tarqalgan usul bo‘lib, ko‘pincha texnologiyalarni, mijoz bilan bog‘liq nomoddiy aktivlarni, savdo nomlari (tovar belgilari yoki brendlarni), faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalarni hamda raqobatni cheklash haqidagi kelishuvlarni baholashda qo‘llaniladi.

Uchinchi baholash usuli – xarajat yondashuvi hisoblanadi. Ushbu turdagi baholash usuli qo‘llanganda nomoddiy aktiv qiymati o‘xshash aktiv yoki o‘xshash servis salohiyatiga yoki foydalilikka ega aktiv bilan almashtirishga ketgan xarajatlar asosida aniqlanadi. Qolaversa, mazkur yondashuv bevosita va bilvosita xarajatlarni, mehnat resurslarini, materiallar va yuklama xarajatlarni, aktivning eskirgani tasdiqlanganligini hamda boy berilgan imkoniyatlar xarajatlarini hisobga olish tamoyili qo`llaniladi.

Demak, ushbu usulda obyekt yaratilgan vaqtda qancha narxni tashkil etgan va hozir qayta yaratilsa, qancha miqdorni tashkil etishi hisobga olinadi.

Intellektual mulk obyektlarini baholash borasida Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO) ham o`ziga xos dastur-ul amal ishlab chiqqan. Unga ko`ra, Intellektual mulk aktivlariga patentlar, sanoat namunalari, tova belgilari, mualliflik huquqi va tijorat sirlari kiradi hamda unda bozor yondshuvi, daromad yondashuvi va xarajat yondashuvi asosiy baholash usuli ekanligi ko`rsatilgan[19].

Shuningdek, qolgan chet el davlati qonunchiligi o`rganilganda barchasida yuqoridagi uchta baholash usulidan foydalanishini guvohi bo`ldik, xususan, Germaniya20 va Yaponiya[20].

O`rganilishi lozim bo`lgan uchinchi holat bu – intellektual mulk huquqini tijoratlashtirish hisoblanadi.

Fikrimizcha, intellektual mulk obyektlarini yaratishning o`zigina intellektual mulk huquqini amalga oshirishga, ya’ni ulardan foyda olib, qaysidir ma’noda manfaatdor bo`lishiga olib kelmaydi. Misol uchun, deylik, yangi ixtiro qilindi va ommaga oshkor qilindi. Bu bilan ixtiro egasi o`z ijod mahsulidan foyda ololmaydi, buning uchun, albatta, uni kimgadir sotishi yoki shartnoma asosida foydalanishni yo`lga qo`yishi lozim bo`ladi.

Shunday ekan, birinchi navbatda, intellektual mulk huquqini yaratish muhim bosqich bo`lsa, ikkinchi muhim jarayon bu – ularni tijoratlashtirishdir. Intellektual mulk bozori bugungi kunda global bozor hisbolanib, butun dunyo bo`yicha iqtisodiyotning eng muhim sohalaridan biri hisoblanadi[21].

Xo`sh, intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish deyilganda nima tushuniladi va ular qanday amalga oshiriladi?

Intellektual mulk obyektlarining tijoratlashuvi deganda, taraflardan hech bo’lmaganda bittasi tadbirkorlik muomalasi subyekti bo’lgan tijorat munosabatlarida foyda olish maqsadida intellektual faoliyat natijalari, fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tavarlar, ishlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar, shuningdek, ularga tenglashtirilgan vositalarga nisbatan mulkiy huquqlarni erkin suratda boshqa shaxsga berilishi yani topshirilishi yoki o’tkazilishi tushuniladi[22].

Demak, tijoratlashtirishda muallif o`ziga tegishli huquqlarni boshqa shaxslarga o`tkazishi yoki topshirishi hamda huquqlarni olgan taraf ma’lum cheklangan doirada undan foylanishi tushunilar ekan va bunda intellektual mulk obyektiga bo`lgan huquq uning egasida qoladi. Intellektual mulk obyektlari ashyolar, shu jumladan pul va qimmatli qog’ozlar, boshqa buyumlar, moddiy hamda nomoddiy boyliklar kabi fuqarolik huquqining ob’yektlari hisoblanadi. Fuqarolik huquqi ob’yektlarining muomalada bo’lishi deyilganda, erkin suratda boshqa shaxsga berilishi, topshirilishi yoki o’tkazilishi tushuniladi[23].

Bundan anglashiladiki, intellektual mulk obyektlari o`ziga xos tijoratlashtirish usullaridan foydalanilgan holda boshqa shaxsga o`tkazilishi yoki topshirilishi yoxud amalyotga tatbiq etilishi mumkin. Bu borada yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori Sh.Xo‘jayev shunday deydi: Intellektual mulk tijoratlashtirishning bir nechta usullari mavjud. Eng ko‘p tarqalgan usul bu – intellektual mulkdan foydalanish yuzasidan shartnoma tuzish. Misol uchun, tovar belgisining egasi o‘zining tovar belgisidan boshqa tadbirkor foydalanishi uchun franshiza yoki litsenziya shartnomasini tuzishi va undan foyda olishi mumkin. Yana bir usullardan biri – intellektual mulkka asoslangan korxonalarni tuzish yoki biznesni yo‘lga qo‘yish. Bu usul ko‘proq sanoat mulki (ixtiro, foydali model yoki sanoat namunasi) egalariga taalluqli. Ya’ni ixtiro egasi o‘z ixtirosini mahsulot ko‘rinishida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi va bundan foyda olishi mumkin. Bundan tashqari, ilmiy-innovatsion faoliyatga investitsiyalarni ham jalb qilish mumkin. Bunday faoliyat bilan venchur fondlari shug‘ullanadi. Ya’ni intellektual mulk egasi o‘z mahsulotiga venchur fondi e’tiborini jalb qilishi va bu orqali faoliyatini moliyalashtirishi mumkin[24].

Yuqorida aytilganidek, tijoratlashtirishning bir qator usullari bor ekan. Xususan, franshiza yoki litsenziya shartnomasi tuzish bilan tijoratlashtirish eng faol yo`l hisoblanar ekan. Misol sifatida Coca Cola, KFC yoki ixtirolarni litsenziya shartnomasi asosida foydalanishga berishni olaylik.

Intellektual mulkka asoslangan korxonalarni tuzish yoki biznesni yo‘lga qo`yishda esa, deylik, bir olim mamalakatimiz sharoitiga mo`ljallangan elektr avtomobilni ixtiro qildi va u “UzAuto Motors”ning ustav fondiga o`z ixtirosi bilan ulushchi bo`lib kirishi hamda shunga muvofiq tarzda haq olishi mumkin. Yuqorida aytilgan uchinchi holatda esa elektr avtomobilni yaratgan olim, tasavvur qilaylik, “UzAuto Motors”ga qo`shilmoqchi emas va o`z ishlab chiqarishiga asos solmoqchi, biroq unda yetarli mablag` yo`q. Ikkinchi tarafa, ya’ni investorda (venchur fondlari) mablag` bor, lekin ixtiro yoki foydali model yo`q. Shunday vaziyatda ular o`rtasidagi shartnoma asosida ixtiro tijoratlashtirilishi mumkin.

Intellektual mulkning obyetlarini tijoratlashtirish usullari haqida xorij olimlaridan L.M. Kupriyanova biroz boshqacharoq fikr bildiradi. Uning so`zlariga ko`ra, tijoratlashtirishning asosan oltita usuli bo`lib, ular: o`z ishlab chiqarishida foydalanish, lizing, muhandislik konsalting xizmatlari, franshizing, sanoat koorparatsiyasi va litsenziya shartnomasilarini tashkil qiladi[25] .  

Shuningdek, texnologiya rivojlanishi natijasida intellekual mulk obyektlari internitda ham tijoratlashtirilmoqda. Masalan, tasviy san’at asarlarini “NFT” blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda sotishimiz va sotib olishimiz mumkin. Ushbu fikrimizni quyidagi misol bilan asoslaymiz. Britaniyalik qo’shiqchi, musiqachi, prodyuser Imojen Djennifer Xip 2015 yilning oxirida, uzining ―Mycelia‖ musiqiy albomining sinov namunasi sifatida, ―Tiny Human musiqasini yaratgan. Ushbu muallifligidagi qo`shiqdi I.Xip ― Ethereume blokcheyn texnologiyasi orqali muhofazalagan. Ushbu texnologiya orqali muallifga bir qator afzalliklar taqdim etilgan, jumladan, I.Xip o`zining muhlislari bilan to`g`ridan to`g`ri aloqaga kirisha olib, ularga o`zining asarini maqbul narxmda taklif etish. Ethereume blokcheyn texnologiyasi orqali Tiny Human musiqasining savdosi 133.20 AQSH dollarini tashkil etgan[26]. Ethereum blokcheyn texnologiyasi aqlli shartnomalar asosida ishlashini inobatga olsak, fikrimizcha, tijoratlashtirishning yana bir usuli – bu aqlli shartnomalar (smart contracts) deb hisobladik.  

Yuqoridagi fikr va mulohazalardan kelib chiqib, xulosa o`rnida aytish mumkinki, intellektual mulk obyektlarini jamiyatimizdagi o`rnini yanada oshirish lozim. Chunki, ta’kidlanganidek, intellektual faoliyat natijasi mamlakat yalpi ichki mahsulotining katta qismini tashkil etadi va uning rivojlanishiga ulkan hissa qo`shadi. Shuningdek, intellektual mulk obyektlarini boshqarishni yanada kengaytirish lozim, masalan, Amerika Qo`shma Shtatlari tajribasini qo`llagan holda. Qolaversa, intellektual mulk obyektlarini baholash va tijoratlashtirish ham muhim jarayon hisoblanib, bevosita, yaratilgan ixtirolarni amalyotga tatbiq etishning asosiy omili sanaladi.

           

       

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

1.     CORE COPYRIGHT INDUSTRIES ADD $1.5 TRILLION TO U.S. ECONOMY AND EMPLOY 5.7 MILLION AMERICAN WORKERS

https://www.iipa.org/files/uploads/2020/12/2020_Copyright_Industries_Rele ase.pdf

2.     2022 —      2026-YILLARGA          MO‘LJALLANGAN      YANGI

O‘ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASI TO‘G‘RISIDAgi

farmonning 97-maqsadi https://lex.uz/docs/-5841063#-5843875

3.     What is Intellektual Property? https://www.wipo.int/about-ip/en/

4.     O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining “O‘zbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartini tasdiqlash haqida” 3239-sonli buyrug‘i 4-bandi

https://yuz.uz/uz/news/intellektual-mulk--innovatsion-rivojlanishningzaruriy-omili-

5.     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori https://lex.uz/docs/-5987120   

6.     O‘zbekiston Respublikasining ““Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasi ikinchi xatboshisi. https://lex.uz/docs/-76671

7.     O. Oqyulov. Intellektual mulkning huquqiy maqomi. Doktorlik dissertasiyasining mualliflik avtoreferati. Yur. Fanlar. T .: TGYuI. 2000 -S. 328

8.     Iroda Yakubova. (2022). Copyright Collective Management Organizations: Purpose And Necessary. The Peerian Journal, 5, 59–64. Retrieved from https://www.peerianjournal.com/index.php/tpj/article/view/79

9.     https://my.ima.uz/

10. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 28-29-son, https://lex.uz/ru/docs/-1022944#-1023233

11. Abdumumin Yuldashov, Sreenivasulu N Shanmuka RAQAMLI MUHITDA MUALLIFLIK HUQUQI MUHOFAZASI // Central Asian Academic Journal of Scientific Research. 2022. №6. URL:

https://cyberleninka.ru/article/n/raqamli-muhitda-mualliflik-huquqimuhofazasi: 27.11.2022).

12. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi [National Legislative Database],

21.08.2021-y., 03/21/709/0808-son. [Available at: https://lex.uz/docs/180552]

13. Abdumumin Yuldashov, Sreenivasulu N Shanmuka RAQAMLI MUHITDA MUALLIFLIK HUQUQI MUHOFAZASI // Central Asian Academic Journal of Scientific Research. 2022. №6. URL:

https://cyberleninka.ru/article/n/raqamli-muhitda-mualliflik-huquqimuhofazasi

14. (AAP) Association of American Publishers https://ifrro.org/page/memberdetails/aap/?k=nc-1e03332744e2404ea535fe2cdd8837aa

15. International Confederation of Societies of Authors and Composors https://www.cisac.org/about/cisac-overview

16. Eurasian Patent Office https://www.eapo.org/en/ea.html

17. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining “O‘zbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartini tasdiqlash haqida” 3239-sonli buyrug‘i 298-bandi https://lex.uz/ru/docs/-4842496

18. IP Valuation ttps://www.wipo.int/export/sites/www/sme/en/documents/pdf/ip_panorama_ 11_learning_points

19. Intellektual Property      Valuation    in       Germany https://www.lawyersgermany.com/intellektual-property-valuation-ingermany

20. Valuation of Intellektual Property https://www.jpo.go.jp/e/news/kokusai/developing/training/textbook/docume nt/index/Valuation_of_Intellektual_Property

21. Kupriyanova L. M., Basova A. G. development of Eurasian and national intellektual property markets.

22. Ekonomika. Biznes. Banki. 2017;1(18):121–130. (In Russ.)

23. Egamova Dilrabo Talibovna. NECESSITY FOR COMMERCIALIZATION OF INTELLEKTUAL PROPERTY AND ITS CONTRACTUAL LEGAL

FORMS. Journal of Law Research. 2021, vol. 6, issue 6, pp.40-47

24. Rahmonqulov H. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining birinchi qismiga umumiy tavsif va sharhlar 1-jild. –T.:Iqtisodiyot va huquq dunyosi nashiriyot uyi.1997

25. O‘zbekistonda      intellektual mulk himoyasi     va      uni     tijoratlashtirish https://kun.uz/uz/news/2022/08/13/   

26. Куприянова Л. М. Эффективная модель коммерциализации интеллектуальной собственности //Мир новой экономики. – 2019. – №. 1. – С. 104-110.

27. To‘Raqulova        N.      MUALLIFLIK      HUQUQI    OBYEKTLARI

MUHOFAZASINI TA’MINLASHDA BLOKCHEYN TEXNOLOGIYASINING AHAMIYATI //Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). – 2022. – Т. 2. – №. 5. – С. 290-300.

  




[1] CORE COPYRIGHT INDUSTRIES ADD $1.5 TRILLION TO U.S. ECONOMY AND EMPLOY 5.7

MILLION AMERICAN WORKERS

https://www.iipa.org/files/uploads/2020/12/2020_Copyright_Industries_Release.pdf

 


1 2022 — 2026-YILLARGA MO‘LJALLANGAN YANGI O‘ZBEKISTONNING TARAQQIYOT

STRATEGIYASI TO‘G‘RISIDAgi farmonning 97-maqsadi https://lex.uz/docs/-5841063#-5843875

 


[3] What is Intellectual Property? https://www.wipo.int/about-ip/en/


[4] O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining “O‘zbekiston

Respublikasining Yagona milliy baholash standartini tasdiqlash haqida” 3239-sonli buyrug‘i 4-bandi


[5] https://yuz.uz/uz/news/intellektual-mulk--innovatsion-rivojlanishning-zaruriy-omili-


[6] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori https://lex.uz/docs/-5987120   


[7] O‘zbekiston Respublikasining ““Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasi ikinchi xatboshisi. https://lex.uz/docs/-76671


[8] O. Oqyulov. Intellektual mulkning huquqiy maqomi. Doktorlik dissertasiyasining mualliflik avtoreferati. Yur. Fanlar. T .: TGYuI. 2000 -S. 328


[9] Iroda Yakubova. (2022). Copyright Collective Management Organizations: Purpose And Necessary. The Peerian Journal, 5, 59–64. Retrieved from

https://www.peerianjournal.com/index.php/tpj/article/view/79


[10] https://my.ima.uz/


[11] O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 28-29-son, https://lex.uz/ru/docs/1022944#-1023233


[12] Abdumumin Yuldashov, Sreenivasulu N Shanmuka RAQAMLI MUHITDA MUALLIFLIK HUQUQI MUHOFAZASI // Central Asian Academic Journal of Scientific Research. 2022. №6. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/raqamli-muhitda-mualliflik-huquqi-muhofazasi: 27.11.2022).


[13] Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi [National Legislative Database], 21.08.2021-y., 03/21/709/0808-son. [Available at: https://lex.uz/docs/-180552]


[14] Abdumumin Yuldashov, Sreenivasulu N Shanmuka RAQAMLI MUHITDA MUALLIFLIK HUQUQI MUHOFAZASI // Central Asian Academic Journal of Scientific Research. 2022. №6. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/raqamli-muhitda-mualliflik-huquqi-muhofazasi


[15] (AAP) Association of American Publishers https://ifrro.org/page/member-details/aap/?k=nc1e03332744e2404ea535fe2cdd8837aa


[16] International Confederation of Societies of Authors and Composors https://www.cisac.org/about/cisacoverview


[17] Eurasian Patent Office https://www.eapo.org/en/ea.html


[18] O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining “O‘zbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartini tasdiqlash haqida” 3239-sonli buyrug‘i 298-bandi https://lex.uz/ru/docs/-4842496


[19] IP Valuation

ttps://www.wipo.int/export/sites/www/sme/en/documents/pdf/ip_panorama_11_learning_points 20 Intellectual Property Valuation in Germany https://www.lawyersgermany.com/intellectual-propertyvaluation-in-germany


[20] Valuation of Intellectual Property

https://www.jpo.go.jp/e/news/kokusai/developing/training/textbook/document/index/Valuation_of_Intelle ctual_Property


[21] Kupriyanova L. M., Basova A. G. development of Eurasian and national intellectual property markets.

Ekonomika. Biznes. Banki. 2017;1(18):121–130. (In Russ.)


[22] Egamova Dilrabo Talibovna. NECESSITY FOR COMMERCIALIZATION OF INTELLECTUAL

PROPERTY AND ITS CONTRACTUAL LEGAL FORMS. Journal of Law Research. 2021, vol. 6, issue 6, pp.40-47


[23] Rahmonqulov H. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining birinchi qismiga umumiy tavsif va sharhlar 1-jild. –T.:Iqtisodiyot va huquq dunyosi nashiriyot uyi.1997


[24] O‘zbekistonda intellektual mulk himoyasi va uni tijoratlashtirish https://kun.uz/uz/news/2022/08/13/   


[25] Куприянова Л. М. Эффективная модель коммерциализации интеллектуальной собственности //Мир новой экономики. – 2019. – №. 1. – С. 104-110.


[26] To‘Raqulova N. MUALLIFLIK HUQUQI OBYEKTLARI MUHOFAZASINI TA’MINLASHDA

BLOKCHEYN TEXNOLOGIYASINING AHAMIYATI //Central Asian Research Journal for

Interdisciplinary Studies (CARJIS). – 2022. – Т. 2. – №. 5. – С. 290-300.