Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Seleksiya yutuqlarini huquqiy muhofaza qilish sohasidagi munosabatlar.


Seleksiya yutuqlarini huquqiy muhofaza qilish sohasidagi munosabatlar.

 

 

 

Oybek Buriyev

Yuqori Chirchiq tuman adliya bo`limi boshlig`i

 

Jahongir Zokirov

Yuqori Chirchiq tuman adliya bo`limi yetakchi maslahatchisi

 

 

Seleksiya tarixi ming yillar davomida hisoblab chiqilgan, chunki manbalarga ko‘ra, u bizning davrimizdan oldin ham mavjud bo‘lgan. Biroq, bu vaqtning ko‘p qismida naslchilik faoliyati “huquqiy maydon”dan tashqarida, ya’ni davlat tomonidan tartibga solinmasdan rivojlangan. Mаsalan, ochlikni yengish uchun davlat qishloq xo‘jaligi o‘simliklarining istiqbolli navlarini ishlab chiqarishni rag‘batlantirdi. Hayvonlarning yangi turlari yaratildi. Shunga qaramay, uzoq vaqt davomida seleksiya intellektual faoliyat sifatida tan olinmadi, ammo uning natijalariga bo‘lgan huquqlar mulk obyekti ekanligini tan olish qiyin bo‘ldi.

Global davrda inson o`z xatti-harakatlarini amalga oshirish uchun dastlab uni analiz va sintez qilishi lozim. Mazkur tahliliy materialdagi holatni analiz qilgan holda(alohida-alohida tahlil qilib) yakunida sintez qilamiz(bir butun qilib birlashtiramiz).

I. O‘simlik va hayvonlarning yangi nav turlari tushunchasi va ahamiyati.   O‘zbekiston Respublikаsining “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi 395-II-son qonuniga muvofiq seleksiya yutug‘i — o‘simliklarning yangi navi, hayvonlarning yangi zoti hisoblanadi. O‘simlik navi-bu himoya qilish qobiliyatidan qat’i nazar, ushbu genotipni yoki genotiplarning kombinаtsiyаsini tаvsiflovchi xususiyatlar bilan belgilanаdigan va bir xil botаnika tаksonining boshqа o‘simlik guruhlaridаn bir yoki bir nechta xususiyatlаr bilan ajrаlib turadigan o‘simliklаr guruhi.

Hayvon zoti-bu himoya qilish qobiliyatidan qat’i nazar, genetik jihatdan aniqlangan biologik va morfologik xususiyatlar va ushbu xususiyatlarga ega bo‘lgan hayvonlar guruhi, ularning ba’zilari ushbu guruhga xos bo‘lib, uni boshqa hayvonlar guruhlaridan ajratib turadi. Hattoki, CH. Darvin oʻzining 1859-yildagi “Turlarning kelib chiqishi” asari bilan seleksiyaning ilmiy asosini yaratdi. Hayvonlar va oʻsimliklar dunyosida yangi shakllarning paydo boʻlishidagi o‘zining qarashlari bilan bog‘liq ahamiyatini koʻrsatib berdi.

K.Vsevolojskiyning fikriga ko‘ra, seleksiya “ajratish va saralash” – yangi nav va yangi zotni yaratishda biologik obyektlarning tabiiy xususiyatlaridan foydalanish hisoblanadi[1]. Aynan mazkur ta’rif hozirgi davr uchun seleksiya tushunchasi aniq va mos holatda talqin qilingan.

A.P.Sergeevning fikricha[2], seleksiya yutuqlari intellektual mulkning an’anaviy institutlari (mualliflik huquqi va turdosh huquqlar, patent huquqi, fuqarolik muomalasi ishtirokchilari va ular ishlab chiqarayotgan mahsulotni shaxsiylashtiruvchi vositalar)dan o‘zining muhofaza etilayotgan obyekti huquqiy tartibga solinishi bilan farq qilib, intellektual mulkning noan’anaviy obyekti hisoblanadi.

Demak, xorijiy mamlakatlar qonunlariga nazar soladigan bo‘lsak, quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin. Tojikiston Respublikasining “Qishloq xo‘jaligi ekinlarining seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi Qonunining 2-moddasida, Bolgariyaning 1996-yil 19-sentyabridagi “O‘simliklarning yangi navlari hayvonlarning yangi zotlarini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, 1996-yildagi

Ozarbayjon Respublikasi “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi Qonunining 1-moddasida, seleksiya yutuqlari tushunchasi haqida ta’rif berilgan.

Seleksiya yutug‘ining huquqiy tabiati va uning ahamiyati. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk departamenti seleksiya yutuqlarini huquqiy muhofaza qilishga doir harakatlarni amalga oshiradi. Seleksiya yutug‘i ham mualliflik huquqida bo‘lganidek, bitta jismoniya shaxs yoki bir nechta shaxslar (hammualliflar) tomonidan yaratilishi mumkin.

Xo‘sh, Seleksiya yutug‘i uchun patent kimlarga beriladi?

395-II-son qonunga muvofiq quyidagi shaxslarga patent beriladi:    seleksiya yutug‘ining muallifiga (hammualliflariga) yoki uning

(ularning) merosxo‘riga (merosxo‘rlariga);

*    muallif yoki uning merosxo‘ri tomonidan patent berish haqidagi talabnomada yoki seleksiya yutug‘i ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar departamentga topshirilgan talabnoma beruvchini o‘zgartirish to‘g‘risidagi arizada ko‘rsatilgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslarga (ular rozi bo‘lgan taqdirda);

*    ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan hollarda ish beruvchiga beriladi.

Agar sanoat namunasi sifatida ko‘rsatilgan obyekt yangi va original, foydali model sifatida ko‘rsatilgan obyekt yangi bo‘lsa va uni sanoatda qo‘llash mumkin bo‘lsa, ixtiro sifatida ko‘rsatilgan obyekt yangi, ixtirolik darajasiga ega va uni sanoatda qo‘llash mumkin bo‘lsa huquqiy muhofaza qilingani singari seleksiya yutug‘i huquqiy muhofaza uchun quyidagilar mavjud bo‘lmog‘i lozim:

yangilik;     farqlanish; turdoshlik; barqarorlikmezonlari.

Xo‘sh, seleksiya yutug‘ining yangiligi nima bilan belgilanishi mumkin?

Albatta, Seleksiya yutuqlarining yangiligi vaqt bilan aniqlanadi ya’ni, bu vaqt ustuvorlik sanasi hisoblanadi. O‘z vaqtida seleksiya yutug‘ining ustuvorligi sanasi Intellektual mulk agentligiga patent olish uchun yoki foydalanishga ruxsat olish uchun ariza topshirilgan kundan boshlanadi. Agar Intellektual mulk agentligiga bir kunda bitta seleksiya yutug‘i uchun bir necha ariza tushgan bo‘lsа, u holda arizani jo‘natish sanasidagi ustuvorlikka e’tibor beriladi, ya’ni qaysi ariza nisbatan oldinroq jo‘natilgan yoki topshirilgan bo‘lsa, seleksiyа yutug‘iga patent olish huquqiga o‘sha arizachi ega bo‘ladi. Bundаn tashqari, arizani jo‘natish sanalari bir xil bo‘lsa, u holda аrizani Intellektual mulk аgentligida ro‘yxatga olish raqamidagi ustuvorlik hisobgа olinadi. Bundа jo‘nаtish sаnasi mos kelgаn аrizadan qаysi oldinrok Intellektual mulk аgentligidan ro‘yxatdan o‘tkazilgаn bo‘lsа, shu arizachi seleksiya yutug‘iga nisbatan pаtent olish huquqigа egа bo‘lаdi.

Talabnoma beruvchi Agentlikka yuborilayotgan patent berish haqidagi talabnomasida birinchi talabnomaning ustuvorlik sanasini ko‘rsatishi lozim.

Talabnoma beruvchi talabnoma Agentlikka topshirilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida birinchi talabnomaning nusxasini va tarjimasini taqdim etishi shart. Bu shartlar bajarilgan taqdirda, talabnoma beruvchi birinchi talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran uch yil mobaynida qo‘shimcha hujjatlar va sinov uchun zarur material taqdim etmaslikka haqli[3].

Birinchi talabnomaning nusxasini va tarjimasini taqdim etish bizda 3 oy bo‘lsa, Rossiya Federatsiyasi FKning 1434-moddasi 3-qismida ushbu muddat 6 oy qilib belgilangan.

Farqlilik darajasi uchun xorij tajribasiga murojaat qilsak, misol tariqasida Armaniston Respublikasida[4] seleksiya yutug‘i ariza topshirilgan sanada mavjud bo‘lgan boshqa ma’lum seleksiya yutuqlaridan aniq ajralib tursa farqlidir,-deyilgan.

O‘simliklar navi yoki hayvonlar zoti bir xillikni o‘zida aks ettirsa, bu turdosh hisoblanadi. Takroriy ko‘paytirish natijasda sikl o‘zgarmasa, u barqaror bo‘ladi.

Savol: Umuman olganda kimlarga patentga bo‘lgan huquq tegishli?

Javob: muallifga (hammualliflarga) yoki uning (ularning) merosxo‘riga.

Seleksiya yutug`i uchun Davlat ekspertizasi va rasmiy ekspertiza mavjud. Davlat ekspertizasi huquqiy muhofaza berish shartlariga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Rаsmiy ekspertiza esa talabnomа topshirilgаn sаnаdаn e’tiboran ikki oy o‘tgach o‘tkaziladi. Tаlаbnoma beruvchining iltimosnomаsiga binoan rаsmiy ekspertiza ko‘rsatilgаn muddat tugashidan oldin boshlanishi mumkin. Ekspertiza mobаynida ustuvorlik sаnаsi belgilanadi, zаrur hujjatlаrning qo‘yilаyotgаn tаlablаrga qanchalik mosligi tekshirilаdi.

Patentni O‘zbekiston Respublikasi nomidan Agentlik beradi va bu haqida ma’lumot Agentlikning rasmiy axborotnomasida e’lon qilinadi.

Seleksiya yutugiga berilgan patentga nisbatan huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish sanoat mulki obyektlariga berilgan patentga nisbatan huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish tartibi kabi haq evaziga yoki haqsiz ekanligidan qat'i nazar, yozma ravishda tuziladigan shartnomalar orqali amalga oshiriladi. E’tirof etish lozimki, bugungi kunda seleksiya yutuqlaridan foydalanishga oid bo‘lgan shartnomalar, intellektual mulk huquqining boshqa obyektlaridan foydalanishga oid bo‘lgan shartnomalardan ancha kam tuzilmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishida urug‘lik yetkazib beruvchi va patent egalari asosan davlatga qarashli subyektlar ekanligidir.

Patent olish huquqini boshqa shaxs foydasiga voz kechish fuqarolik huquqida qonun yo‘l qo‘ygan istalgan shartnoma, xususan, oldi-sotdi, mulkni tekinga berish, ayirboshlash va shu kabilar orqali rasmiylashtirilishi mumkin. Seleksiya yutug‘idan foydalanishga ruxsat berish lisenziya shartnomalari esa, qat'iy yozma shaklda tuzilishi lozim.

II. Naslchilikda seleksiya yutuqlarini huquqiy muhofaza qilish.

Oʻzbekiston Respublikasida “Naslchilik toʻgʻrisida”gi Qonun 12.12.1995 da 165-I-son bilan qabul qilingan. Ushbu qonunning 2-moddasida naslchilik tushunchasiga ta’rif berilgan bo’lib, u quyidagicha ifodalangan:naslchilik — seleksiya maqsadida nasldor hayvonlarni urchitish, naslli mahsulot (material) yetishtirish va undan foydalanish.

Demak, naslchilikning asosiy vazifalari nimalardan iborat? Quyidagilar naslchilikning asosiy vazifalari hisoblanadi[5]:

       hayvonlarning nasldorlik va mahsuldorlik sifatlarini yaxshilash maqsadida naslchilik resurslarini yaratish, saqlash, takror ko‘paytirish va ulardan oqilona foydalanish;

      seleksiya jarayonida foydalaniladigan naslchilik resurslarining kelib chiqishi aniq hisobga olinishini, mahsuldorligini, tipi va boshqa sifatlari bo‘yicha baholanishini ta’minlash; nasldor erkak hayvonlarni avlodining sifatiga ko‘ra sinovdan o‘tkazish;     yangi foydali genetik belgilarga ega bo‘lgan hayvonlar olish;    seleksiya ishida jahondagi eng qimmatli genofonddan samarali foydalanish;

muayyan joyga xos va mamlakatimizdagi yo‘q bo‘lib borayotgan zotlar

genofondini saqlab qolish;

mahsulot yetishtiriladigan podalarda hayvonlarning nasldorlik va

mahsuldorlik sifatlarini oshirish hamda sermahsul hayvonlarni jadal ko‘paytirish;

butun        chorvachilik         tarmog‘ining         iqtisodiy      samaradorligi        va raqobatbardoshligini oshirish.

Bugungi kundagi naslichlikning ilmiy va amaliy imkoniyatlar, xususiyatlari hamda ushbu sohadagi ilmiy-amaliy faoliyatning yangi jihatlariga oz-moz mos kelmaydi. Chunki, birinchi navbatda, seleksiyachilarning mualliflik huquqlarini belgilash, seleksiya-naslchilik yutuqlari (qishloq xo‘jalik xayvonlarining zoti, tipi, liniyasi)ni huquqiy tasniflash, ularning muhofazaga layoqatlilik mezonlarini tahlil etishning kompleks huquqiy munosabatlarini har tomonlama va yagona tartibga solish tizimining mavjud emasligi bilan belgilanadi. Bu holat seleksiya naslchilik faoliyati va uning yutuqlarini tartibga solishning o‘simliklar navini yaratish faoliyati uning natijalari bilan bir xildagi norma va qoidalar asosida belgilanishi sabablidir.

Nasldor hayvonlar[6] seleksiyasida erishilgan yutuqlarning natijalari intellektual mulk obyekti hisoblanadi, ularga mualliflik va ulardan foydalanish qonunchilik bilan belgilab qo‘yiladi.

Quyidagi huquqlar naslchilik subyektlariga tegishli bo‘lmog‘i lozim:

                            naslchilikni rivojlantirishga qaratilgan kuch-g‘ayratlarni birlashtirish

maqsadida hayvonlarni urchitish bo‘yicha uyushmalarga, jamiyatlarga kirish, naslchilik sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etish;.

seleksiya yutuqlaridan qonunchilikda belgilangan tartibda

foydalanish;

naslli mahsulot (material) savdo-ko‘rgazmalarida                           (kimoshdi

savdolarida), ko‘rgazmalari va ko‘riklarida ishtirok etish;

naslli mahsulotni (materialni) qonunchilikda belgilangan tartibda

sotish va sotib olish;

       qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa harakatlarni amalga oshirish.

III. UPOV konvensiyasi tushunchasi va mazmun mohiyati.

Oʻsimliklarning yangi navlarini himoya qilish xalqaro ittifoqi (UPOV) shtabkvartirasi Jenevada (Shveytsariya) joylashgan hukumatlararo tashkilotdir.

UPOV o‘simliklarning yangi navlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro konvensiya tomonidan tashkil etilgan. Konvensiya 1961 yilda Parijda qabul qilingan va 1972, 1978 va 1991 yillarda qayta ko‘rib chiqilgan va 42 ta moddadan iborat.

UPOVning vazifasi jamiyat manfaati uchun oʻsimliklarning yangi navlarini yaratishni ragʻbatlantirish maqsadida oʻsimliklar navlarini himoya qilishning samarali tizimini taʼminlash va rivojlantirishdan iborat7.

UPOV konvensiyasiga muvofiq UPOVning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat[7]:

                       PVP sohasida xalqaro hamkorlik uchun huquqiy, ma'muriy va texnik

bazani yaratish va rivojlantirish;

davlatlar va tashkilotlarga qonun hujjatlarini ishlab chiqishda va

samarali PVP tizimini tatbiq etishda yordam ko'rsatish;

                     UPOV PVP tizimi haqida ma'lumot va bilimlarni tarqatish.

Oxirgi marotaba 2022-yil davomida UPOV 2 marotaba oʻzining yillik sessiyasini oʻtkazdi. 6-yanvar UPOV PRISMA yangi versiyasini chiqarish UPOV 135-sonli pressreliz va 28-oktyabr UPOV 136-sonli press-reliz va barcha davlatlar tahlil qlindi.

UPOV saytida foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratilgan bo‘lib, a’zolari haqida ham ma’lumot berilgan. Bu yuqoridagi jadvalda aks etgan.

Bundan tashaqari Gernie ma’lumotlar bazasi mavjud bo`lib, unda qidiruv tugmasi orqali barcha botanikaga oid bo‘lgan o‘simliklarning ingliz, fransuz, ispan va nemis tillarida qidirish orqali tez va oson topish mumkin. Men esa misol tariqasida sizga ushbu dorivor o‘simlikni ko‘rsatmoqchiman:

Upov kodi

Botanika nomlari

Ingliz

Fransuz

Nemis

Ispancha

ALOEE

Aloe L.

Aloe

Aloes

Aloe;

Bitterschopf

Aloe

                                                                                 

UPOV konvensiyasining 1-moddasi (vi) qismida shunday deyilgan:

“Nav - seleksioner huquqini berish shartlariga to'liq javob beradimi yoki yo'qmi, ma’lum bo'lgan eng past botanika taksonlaridagi o‘simliklar guruhini anglatadi, shuningdek, ma’lum bir genotipni yoki genotiplаrning kombinаtsiyasini amalga oshirish natijasi bo‘lgan xususiyatlarning namoyon bo‘lish darajasi bilan belgilanadi, o‘simliklаrning har qаnday boshqa guruhidаn ushbu xususiyаtlarning kamida bittasini ifodalash darajasi bilan ajrаlib turishi mumkin va nаvning o‘zgarmagan butun o‘simliklаrini ko‘pаytirish uchun yаroqliligi nuqtаyi nazаridan bir butun hisoblanadi”.

Konvensiya tashkilotni qanday boshqarish kerakligini, shuningdek, ittifoq a’zolarining ichki qonunchiligiga kiritilishi kerak bo'lgan o‘simliklar navlarini himoya qilishning asosiy tushunchalarini belgilaydi. Bu tushunchalarga quyidagilar kiradi:

Himoya qilinadigan yangi navlarning mezonlari: yangilik, o‘ziga xoslik, bir xillik va barqarorlik.

                         Grant olish uchun ariza berish jarayoni.

                         Tasdiqlangan seleksionerga berilgan intellektual mulk huquqlari.

                         Seleksionerga berilgan huquqlardan istisnolar.

                         Seleksioner huquqining talab qilinadigan muddati.

Seleksionerning huquqlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’lon qilinishi kerak bo‘lgan voqealar.

2005 yilda UPOV tomonidan chop etilgan tadqiqot Argentina , Xitoy , Keniya , Polsha va Janubiy Koreyada UPOVga mos keladigan qoidalarning ta’sirini baholadi. Tadqiqot[8] shuni ko‘rsatdiki, ushbu mamlakatlarda UPOVga qo‘shilgandan so‘ng, bu mamlakatlarda ba’zi ekinlarning himoyalangan navlari soni ko‘paygan. Hisobotda bu fermerlar va butun qishloq xo‘jaligi sektori foyda ko‘rganining ko‘rsatkichi sifatida qabul qilingan. Biroq, hozirgacha ta’sirni baholashning ilmiy standartlariga javob bermaydi va juda xolis deb tanqid qilinadi.

2005 yilda Jahon banki tomonidan tayyorlangan hisobotda 5 ta rivojlanayotgan mamlakatlarda intellektual mulk huquqlari rejimlarining o'simlikchilik sanoatiga ta'siri ko'rib chiqildi. Xulosa qiladiki, intellektual mulk rejimlari xususiy urug'chilik sektorining paydo bo'lishiga nisbatan kam ta'sir ko'rsatadi. Hisobotda tahlil qilingan

eng dinamik urug'chilik sektoriga ega bo'lgan Hindiston UPOV a’zosi emas va o'simlik navlarini himoya qilishning qat'iy rejimiga ega emas. Aksincha, hisobotda fermerlarning urug'lik tizimlari o'rganilayotgan mamlakatlarda urug'lik va yangi navlarning asosiy manbai ekanligi va urug'larga nisbatan qat'iy intellektual mulk huquqlari bu tizimlar samaradorligini kamaytirishi mumkinligi ta'kidlangan[9].

Nima uchun oʻsimliklarning yangi navlari himoyalangan?

Qishloq xoʻjaligi, bogʻdorchilik va oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirishni ragʻbatlantirish, shuningdek, seleksionerlarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida oʻsimliklarning yangi navlarini muhofaza qilish taʼminlanadi. Yaxshilangan navlar oziq-ovqat, qayta tiklanadigan energiya va xom ashyo ishlab chiqarishni miqdoriy va sifat jihatidan yaxshilashning zarur va juda tejamkor elementidir.

Oʻsimliklarning yangi navlarini yetishtirish malaka, mehnat, moddiy resurslar, mablagʻ va vaqt jihatidan katta mablagʻ talab qiladi. O'zining yangi naviga nisbatan ma’lum eksklyuziv huquqlarni olish imkoniyati muvaffaqiyatli oʻsimlikchiga oʻz xarajatlarini qoplash va keyingi investitsiyalar uchun zarur bo'lgan mablagʻlarni toʻplash uchun koʻproq imkoniyat beradi. Seleksionerlarning huquqlari mavjud boʻlmagan taqdirda, bu maqsadlarga erishish qiyinroq.

UPOVga a’zo boʻlish sabablari quyidagilardan iborat:

U UPOVga a'zo bo'lish orqali a'zo davlatlarning umumiy tajribasidan baham ko'rish va undan foyda olish va o'simlikchilikni butun dunyo bo'ylab targ'ib qilishga hissa qo'shish imkoniyatiga ega. Bunday maqsadga erishish uchun hukumatlararo hamkorlikning doimiy sa'y-harakatlari zarur va bu ixtisoslashgan kotibiyatning yordamini talab qiladi.

UPOV o'simlik navlarini farqlash, bir xillik va barqarorlik bo'yicha ekspertizadan o'tkazish bo'yicha batafsil umumiy tamoyillar to'plamini va 160 ga yaqin avlod va turlar uchun aniqroq ko'rsatmalarni ishlab chiqdi. Ushbu me'yoriy hujjatlar bosqichma-bosqich yangilanadi va keyingi avlod va turlarga kengaytiriladi. Ulardan foydalanish o'simliklar navlarini himoya qiladi.

Mazkur Konvensiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2004-yil

27-avgustdagi 680–II-sonli “O‘simliklarning Yangi navlarini muhofaza qilish

to‘g‘risidagi Xalqaro konvensiyaga qo‘shilish haqida”gi qarori bilan ratifikatsiya qilingan va 14-noyabrdan boshlab kuchga kirgan.

Xulosa

Seleksiya yutug‘i mamlakatlar uchun har tomonlama ijobiy ma’no kasb etadi. Har bir mamlakat yangi nav va yangi zotlarning kashf qilish natijasida seleksionerlarning huquqlarini vujudga keltirish va himoya qilishni ta’minlaydigan o'z qonunchiligiga ega bo`ladi. Natijada, sohani yuksaltirsh uchun yangi poydevorlar qo‘yilmoqda. O'simlik navlari va hayvon zotlari ma'lum talablarga javob berishi kerak. Seleksiya yutug'ini himoya qilish mezonlari yangilik, o'ziga xoslik, bir xillik va barqarorlikdir. Agar seleksiya yutug‘i patentga layoqatlilik mezonlariga, uning nomi esa belgilangan talablarga javob bersa, ixtisoslashtirilgan tashkilot seleksiya yutug‘ining rasmiy tavsifini tayyorlaydi, Agentlik esa patent berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. “O‘simliklarning yangi navlarini muhofaza qilish to‘g‘risida” UPOV xalqaro konvensiya mavjud bo`lib, har yili uning safi kengaymoqda.

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.                      O‘zbekiston Respublikаsining “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi 395-II-son qonuni

2.                      Tojikiston Respublikasining “Qishloq xo‘jaligi ekinlarining seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi Qonunining 2-moddasi.

3.                      Bolgariyaning 1996-yil 19-sentyabrdagi “O‘simliklarning yangi navlari hayvonlarning yangi zotlarini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni.

4.                      1996-yildagi Ozarbayjon Respublikasi “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi Qonuni.

5.                      Oʻzbekiston          Respublikasida     “Naslchilik toʻgʻrisida”gi        Qonun

12.12.1995 da 165-I-son

6.                      Rossiya Federatsiyasi FKning 1434-moddasi 3-qismi

7.                      Intellektual mulk. Darslik. Mas’ul muharrirlar: yu.f.d., professor O.Oqyulov, yu.f.f.d. (PhD) N.E.Gafurova // Mualliflar jamoasi. – T.: TDYU nashriyoti, 2020. – 146, 360-betlar.

8.                      Impacts of strengthened intellectual property rights on the plant breeding industry in developing countries : a synthesis of five case studies. N.P. Louwaars. Wageningen: Wageningen UR. 2005. ISBN 90-73384-59-1. OCLC 66478173.

9.                      https://drive.google.com/file/d/1FAIk7DofGnT93xwQLY4IgMG7k5S

02kj8/view

10.                 https://lex.uz/docs/-120349#-120424 13-modda.

11.                 https://www.upov.int/portal/index.html.en

12.                 https://en.wikipedia.org/wiki/International_Union_for_the_Protection _of_New_Varieties_of_Plants




[1] https://drive.google.com/file/d/1FAIk7DofGnT93xwQLY4IgMG7k5S02kj8/view


[2] Intellektual mulk. Darslik. Mas’ul muharrirlar: yu.f.d., professor O.Oqyulov, yu.f.f.d. (PhD) N.E.Gafurova // Mualliflar jamoasi. – T.: TDYU nashriyoti, 2020. – 360-bet.


[3] O`zbekiston Respublikasining “Seleksiya yutuqlari to`g`risida”gi Qonuni, 29.08.2002 yildagi 395-II-son 18-modda 4-qism.


[4] AZERBAIJAN LAW ON SELECTION ACHIEVEMENTS, December 2004. Article 3 part b. https://wipolexres.wipo.int/edocs/lexdocs/laws/en/az/az007en.pdf


[5] Oʻzbekiston Respublikasida “Naslchilik toʻgʻrisida”gi Qonun 12.12.1995 da 165-I-son. 1-modda https://lex.uz/docs/-120349


[6] https://lex.uz/docs/-120349#-120424 13-modda. 7 https://www.upov.int/portal/index.html.en


[7] I.B.Yakubova. Xalqaro intellektual mulk huquqi. Oʻquv qoʻllanma. – T.: TDYuU nashriyoti, 2021. – 146-b.


[8] https://en.wikipedia.org/wiki/International_Union_for_the_Protection_of_New_Varieties_of_Plants


[9] Impacts of strengthened intellectual property rights on the plant breeding industry in developing countries : a synthesis of five case studies. N.P. Louwaars. Wageningen: Wageningen UR. 2005. ISBN 90-73384-59-1. OCLC 66478173.