Янгиликлар
Axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga tavsiya berish tartibi belgilandi
Axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga tavsiya berish tartibi belgilandi
Axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarining taʼsischilari (ishtirokchilari)ga tavsiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3387, 16.09.2022-y.)
Nizomga koʻra, tavsiya quyidagilarga beriladi:
▫️Oʻzbekistonda axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun investitsiya kiritayotgan xorijiy investorga;
▫️axborot texnologiyalari sohasida oxirgi 12 oyda yillik daromadi 30 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan xorijiy mutaxassisga;
▫️Texnopark rezidentlarining taʼsischisi (ishtirokchisi)ga.
Ariza beruvchi tavsiya olish uchun arizani veb-portal (www.it-visa.uz) orqali Texnopark direksiyasiga yuboradi.
Arizaga ariza beruvchi va uning oila aʼzolariga (turmush oʻrtogʻi, ota-onasi, farzandlari) tegishli pasport nusxalari, ariza beruvchining fotosurati hamda tegishli hujjatlar ilova qilinadi.
Ariza va boshqa hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab 30 kundan oshmagan muddatda Direksiya tomonidan koʻrib chiqiladi.
Direksiya ariza kelib tushgan kundan boshlab 1 kunda taqdim etilgan hujjatlarni tekshiradi.
Ariza beruvchiga quyidagi hollarda tavsiya berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa beriladi:
▫️ariza beruvchi tomonidan Oʻzbekistonda boʻlish qoidalari buzilganligi aniqlanganda;
▫️ariza beruvchi nizomda nazarda tutilgan shaxslar toifasiga kirmasa;
▫️ariza beruvchi nizomda belgilangan tavsiya berish uchun talablarga javob bermasa.
Ariza beruvchiga tavsiya berish rad etilganda, u Direksiyaga rad etish uchun asos boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda tavsiya olish uchun qayta murojaat qilishi mumkin.
Tavsiya olish uchun arizalarni koʻrib chiqish, tavsiya berish va uning muddatini uzaytirish bepul amalga oshiriladi.
Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat
koʻrsatish markazi bosh yuristkonsulti
A.Teshaboyev.