Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Telekommunikatsiyalar tarmoqlari sohasidagi faoliyat uchun litsenziyani “Litsenziya” axborot tizimi orqali olish mumkin


Telekommunikatsiyalar tarmoqlari sohasidagi faoliyat uchun litsenziyani “Litsenziya” axborot tizimi orqali olish mumkin

Endilikda “Litsenziya” axborot tizimi orqali Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini koʻrsatish uchun litsenziya olish mumkin.

Davlat xizmatini koʻrsatuvchi subyekt: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.

Murojaatlar quyidagilar orqali qabul qilinadi:

▫️ license.gov.uz – “Litsenziya” axborot tizimi;

▫️ my.gov.uz – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali.

Xizmatdan yuridik shaxslar foydalanadi.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori BHMning bir baravari (300 ming soʻm)ni tashkil etadi.

Arizani koʻrib chiqish muddati – 10 ish kuni.

Litsenziyalashda Vazirlar Mahkamasining Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi bilan kelishish lozim boʻlgan hollarda 25 ish kunini tashkil etadi.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlaridan foydalanish va xizmatlarini koʻrsatish faoliyatiga beriladigan litsenziyaning amal qilish muddati – 5 yil;

koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlaridan foydalanish va xizmatlar koʻrsatish faoliyatiga beriladigan litsenziyaning amal qilish muddati – 15 yil;

litsenziyalanadigan faoliyatlarning qolgan turlariga litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.

 

                                      Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuristkonsulti

J.Muhammadiyev.