Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

“Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–792-son, 29.09.2022-y.) toʻgʻrisida.


“Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–792-son, 29.09.2022-y.) toʻgʻrisida.

Qonunga koʻra, elektron tijoratda shartnoma taraflar oʻrtasida shartnoma shartlarini elektron hujjatlar va (yoki) xabarlarni tasdiqlash yoʻli bilan kelishish orqali elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi.

Elektron tijoratdagi elektron hujjatlar qogʻozda rasmiylashtirilgan va oʻz qoʻli bilan imzolangan hujjatlarga tenglashtiriladi.

Elektron tijoratda sotuvchilar quyidagilardan iborat:

Elektron savdo maydonchasida tovarlarni (ishlarni va xizmatlarni) chakana va (yoki) ulgurji sotish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;

Elektron savdo maydonchasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) chakana sotish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar.

Sohada toʻlovlar quyidagi usullarda amalga oshiriladi:

▫️Naqd pul mablagʻlari bilan – naqd pul mablagʻlari toʻlov vositasi tarzida virtual terminallar (E-POS) orqali qabul qilinganligini tasdiqlaydigan hujjatlarni hamda sotuvchi va sotilgan tovar toʻgʻrisidagi axborotni oʻzida aks ettiradigan hujjatlarni xaridorga taqdim etish orqali;

▫️Pul mablagʻlarini bank hisobvaragʻidan oʻtkazish orqali – pul mablagʻlarini bank hisobvaragʻidan oʻtkazish vositasida, shu jumladan shaxsiy kabinet orqali yoki toʻlov tashkilotining tizimi orqali oʻtkazish;

▫️Elektron pullardan foydalangan holda – elektron pullar tizimida ochilgan elektron hamyondagi pul mablagʻlarini oʻtkazish vositasida.

Savdo maydonchalarining operatorlari, toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar va tovarlarni yetkazib berish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar oʻz axborot tizimlariga yoki bank hisobraqamlariga “eskrou” xizmatini joriy etishi mumkin.

Tovarlar uchun xaridor tomonidan toʻlovni amalga oshirish chogʻida “eksrou” xizmatini koʻrsatuvchi toʻlangan pul mablagʻlarini xaridor tovarlar olinganligining tasdigʻi olinguniga qadar saqlash huquqiga ega. Agar tovar yetkazib berilmasa yoki tavsifga mos kelmasa, “eksrou” xizmatini koʻrsatuvchi pul mablagʻlarini xaridorga qaytaradi yoki, agar tovar xoridor tomonidan qabul qilingan boʻlsa, pul mablagʻlari sotuvchining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.

 

Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat

koʻrsatish markazi bosh yuristkonsulti

M.Nunnazarov.