Янгиликлар
Daʼvo muddati joriy qilinmaydigan holatlarni bilasizmi?
Daʼvo muddati joriy qilinmaydigan holatlarni bilasizmi?
Daʼvo muddati — shaxs oʻzining buzilgan huquqini daʼvo qoʻzgʻatish yoʻli bilan himoya qilishi mumkin boʻlgan muddatdir.
Umumiy daʼvo muddati 3 yil hisoblanadi.
Shuningdek, ayrim turdagi talablar uchun qonunchilikda umumiy daʼvo muddatiga qaraganda qisqartirilgan yoki uzaytirilgan maxsus daʼvo muddatlari belgilanishi mumkin.
Daʼvo muddati quyidagilarga joriy qilinmaydi:
shaxsiy nomulkiy huquqlarni va boshqa nomoddiy boyliklarni himoya qilish haqidagi talablarga;
omonatchilarning oʻz omonatlarini berish toʻgʻrisida bankka qoʻyadigan talablariga;
fuqaroning hayotiga yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararni toʻlash haqidagi talablarga;
jinoyat tufayli yetkazilgan zararni toʻlash haqidagi talablarga;
mulkdorning yoki boshqa egalik qiluvchining oʻz huquqini har qanday buzishlarni, garchi bu buzishlar egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmasa ham bartaraf etish haqidagi talablariga;
mamlakat mustaqilligi eʼlon qilinishidan oldin uning chegaralaridan tashqariga olib chiqib ketilgan tarixiy, madaniy va ilmiy-badiiy qiymatga ega boʻlgan mol-mulkni hamda boshqa qimmatbaho obyektlarni qaytarib berish haqidagi talablarga;
qonunda belgilangan hollarda boshqa talablarga.
Chinoz tuman adliya boʻlimi bosh maslahatchisi
D.Gamletov