Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

“Turmushga tayyormisiz”


“Turmushga tayyormisiz”

Vazirlar maxkamasining 2003-yil 25-avgustdagi 365-sonli Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtishlari bilan bogʻliq qarorining afzalliklari haqida

Maʼlumki, bugungi kunda nikohlanayotgan shaxslar oʻrtasida toʻydan oldin tibbiy koʻrikdan oʻtish masalasi koʻndalang qoʻyilgan.Chunki sogʻlom oilaning shakllanishi, barkamol farzandlarning voyaga yetishida ushbu koʻrikning axamiyati katta.

28.08.2003-yildagi 365-sonli qaror tasdiqlanib, amaliyotga joriy etilgandan soʻng Nizomga asosan boʻlajak oilaning sogʻlom boʻlishi, irsiyatga bogʻliq va tugʻma kasalliklarga chalingan bolalar tugʻilishining oldini olish maqsadida Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish joriy qilindi.

         Unga koʻra oila qurayotgan shaxslar nikohdan oʻtish uchun ariza topshirgach , FHDYO idorasi bergan yoʻllanma boʻyicha oʻzlari yashayotgan hududdagi tibbiy muassasaga tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun yuboriladilar.Nikohlanuvchilar tibbiy muassasada besh yoʻnalish boʻyicha yaʼni OITS, Sil kasalligi, Teri-tanosil kasalliklari, narkologik, psixonevralogiya boʻyicha tibbiy tekshirishdan oʻtadilar.Tibbiy koʻrik natijalari aniqlangandan soʻng, nikohlanuvchi shaxslar tibbiy koʻrik xulosasi bilan oʻzaro tanishtiriladi.Nikoxni qayd etuvchi xodimlar tibbiy koʻrik natijalarining maxfiyligi uchun javobgar, yaʼni koʻrikni oʻtkazgan vrach qonun hujjatlarida belgilangan tartib asosida natijalarning xolisligi uchun javob beradi.

         Albatta yangi hayot ostonasiga qadam qoʻyayotgan boʻlajak yosh kelin-kuyovlar uchun bu koʻrik ayni muddaodir, shunday ekan, bunga barcha birdek amal qilmogʻi lozim.

        Xususan tajribamizda shunday xolatlar ham uchraydiki , baʼzi nikohlanuvchi taraflar amalda bir necha yil oilaviy hayot kechirib oʻrtada umumiy farzandlari bor , shuningdek , homilador boʻlib yoki ancha yoshi katta boʻlgan vaqtda nikohdan oʻtadi. Bunday vaziyatlarda yuqorida koʻrsatib oʻtilgan qaror va Nizomda koʻrsatilgan tartibda emas, balki Oʻzbekiston Respublikasining oila kodeksining 13-moddasiga asosan Alohida hollarda (xomiladorlik, bola tugʻilishi,bir tarafning kasalligi va boshqalar)da nikoh ariza berilgan kuni tuzilishi mumkin, buning uchun Nikohlanuvchi shaxslar tibbiy koʻrikning , hususan OIVga tekshirilib FHDYO boʻlimida nikohlariqayd etiladi.

         Oila qurayotgan yoshlarga mazkur isloxotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish, oila qonunchiligi asoslari, sogʻlom turmush tarzi, farzandlar tarbiyasiga oid bilimlarni oshirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridandir...

 

Chinoz tumani FHDYO boʻlimi inspektori                              Sh.Ukibayeva