Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Jinoyat uchun jazo muqarar


Jinoyat uchun jazo muqarar

 

Oʻzbekiston Respublikasining Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonunining 13-moddasiga asosan Adliya organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlaridan biri sifatida, aholi oʻrtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targʻibot boʻyicha faoliyatni amalga oshirish kirishligi belgilangan.

Bekobod tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimining tegishli maʼlumotlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi BIS, jamiyat uchun foydali mehnat bilan shugʻullanmasdan, muqaddam Jinoyat ishlari boʻyicha Bekobod tuman sudining 18.07.2017-yildagi hukmi bilan JKning 168-moddasi 3-qismi
“b” bandi, 28,211-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, yetti oy muddatga ozodlikdan maxrum qilish jazosi tayinlangan boʻlsa-da, bundan oʻziga tegishli xulosa chiqarib olmasdan, jinoyat sodr etish yoʻliga kirib, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar turkumiga kiruvchi firibgarlik, yaʼni xavfli retsidivist boʻla turib aldash va ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan oʻzganing mulkini talon-taroj qilishda ifodalangan jinoyatni sodir etganlikda fosh etiladi.

Jumladan, u Bekobod tumanida yashab kelib, oʻzganing mulkini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritish maqsadida, 2021-yil taxminan aprel oyining boshlarida Bekobod tuman da yashovchi 1957-yilda tugʻilgan fuqaro BTI bilan tanishib, unga tegishli boʻlgan bahosi 15.000.000 soʻmlik bir bosh otini har oy 100.000 soʻm pul evaziga dalasida boqib berishni vada qilib, shu yoʻl bilan ishonchiga kirib, fuqaro BTIga tegishli boʻlgan mazkur 15.000.000 soʻmlik otni 2021-yil 27-sentyabr kuni taxminan soat 20:00larda uning ruxsatisiz oʻziga oldindan tanish boʻlgan BTSga ot oʻziga tegishli ekanligini aytib, jami
8.000.000 soʻmga sotib yuborib, ushbu pul mablagʻlarini oʻzining shaxsiy manfaatlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Bekobod tuman sudining 2022-yil 16-mart kunidagi xukmiga koʻra, BIS Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan aybli deb topilib unga nisbatan ish xaqining 20 foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan xolda 2 yil 6 oy ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Yuqoridagilarni koʻrib chiqib shuni aytishimiz mumkunki jinoyat uchun jazo muqarar, shu sababdan ham fuqarolarimizdan qonun hujjatlarida belgilangan oʻz haq huquqlarini bilishlarini hamda, oʻz navbatida jamiyatda barcha uchun amal qilinishi majburiy boʻlgan qonun hujjtlariga ogʻishmay rioya qilishlarini soʻrab qolgan boʻlar edik.

 

Mualiflar:

 

Bekobod tuman adliya boʻlimi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlinmasi bosh maslaxatchisi Musayev Sunnatillo Soibjonovich

 

Bekobod tumani IIB xuzuridagi Tergov bulimi tergovchisi katta leytenant Mamaroziyev Jasurbek Ravshanbekovich