Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Jinoyat uchun jazo muqarar


Jinoyat uchun jazo muqarar

 

Oʻzbekiston Respublikasining Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonunining 13-moddasiga asosan Adliya organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlaridan biri sifatida, aholi oʻrtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targʻibot boʻyicha faoliyatni amalga oshirish kirishligi belgilangan.

Bekobod tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimining tegishli maʼlumotlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi BIS, jamiyat uchun ijtimoiy foydali mehnat bilan shugʻullanmasdan, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar turkumiga kiruvchi firibgarlik, yaʼni takroran, bir gurux shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, aldash va ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan oʻzganing mulkini talon-taroj qilishda ifodalangan jinoyatni sodir etganlikda fosh etiladi.

Jumladan, u Bekobod tumanda yashab kelib, oʻzganing mulkini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritish maqsadida, oʻziga oldindan tanish boʻlgan, Bekobod tumanida yashovchi 1980-yilda tugʻilgan BIT bilan oʻzaro jinoiy til biriktirib, BIT bilan kelishilgan jinoiy rejani amalga oshirish maqsadida, 2021-yil aprel oyining boshlarida Bekobod shaxarda yashovchi 1968-yilda tugʻilgan BAA bilan Bekobod tumani Oʻzbekobod MFYda joylashgan mol bozorida koʻrishib, uning ishonchiga kirib, unga tegishli boʻlgan jami bir bosh chorva molni jami 13.000.000 soʻmga sotib olib, ushbu chorva molning pulini esa bir oy muddat ichida naqd pul shaklida olib kelib berishini vaʼda qilib, unga tegishli boʻlgan 13.000.000 soʻmlik bir bosh chorva molni olib ketib, ushbu chorva molni BITning yashash xonadoniga olib borib, shu yerda oʻziga notanish boʻlgan dastlabki tergov davomida shaxsiga aniqlik kiritishning imkoni boʻlmagan “Baxodir” ismli shaxsga 11.000.000 soʻmga sotib yuborib, ushbu pullarni BIT bilan oʻzaro taqsimlab olishib, fuqaro BAAga 6000 000 soʻm pullarni berib, shu yoʻl bilan uning ishonchiga kirib, chorva mol uchun olib kelib berishi lozim boʻlgan
7.000.000 soʻm pul mablagʻlarini bermasdan oʻzlarining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

BIS oʻzining firibgarlik, yaʼni bir gurux shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan oʻzganing mulkini qoʻlga kiritishda ifodalangan jinoiy harakatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilgan.

Bundan tashqari, u oʻzining jinoiy xarakatlarini davom ettirib, takroran oʻzganing mulkini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritish maqsadida, oldindan tuzilgan jinoiy rejaga asosan, jinoiy sherigi Bekobod tumanda yashovchi
1980-yilda tugʻilgan BIT bilan 2021-yil may oyining boshlarida Bekobod shaxarda yashovchi 1978-yilda tugʻilgan YIR bilan Bekobod tumani Navoiy fermerlar uyushmasida joylashgan mol bozorida koʻrishib, uning ishonchiga kirib, unga tegishli boʻlgan ikki bosh chorva molni jami 8.600.000 soʻmga sotib olib, ushbu chorva molning pulini esa bir xafta muddat ichida naqd pul shaklida olib kelib berishini vaʼda qilib, ushbu ikki bosh chorva mollarni olib ketib, jinoiy yoʻllar bilan qoʻlga kiritilgan chorva mollarni Oʻzbekobod MFYda joylashgan mol bozoriga olib kelib, shu yerda oʻziga notanish boʻlgan shaxslarga 7.600.000 soʻmga sotib yuborib, ushbu pullarni BIT bilan oʻzaro taqsimlab olishib, fuqaro YIRga 1.600.000 soʻm pullarni berib, shu yoʻl bilan uning ishonchiga kirib, chorva mol uchun olib kelib berishi lozim boʻlgan 7.000.000 soʻm pul mablagʻlarini bermasdan oʻzlarining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Bekobod tuman sudining 2022-yil 13-avgust kunidagi xukmiga koʻra, BIS Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi
3-qismi “b” bandi bilan aybli deb topilib unga nisbatan eng kam oylik ish xaqining 20 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Yuqoridagilarni koʻrib chiqib shuni aytishimiz mumkunki jinoyat uchun jazo muqarar, shu sababdan ham fuqarolarimizdan qonun hujjatlarida belgilangan oʻz haq huquqlarini bilishlarini hamda, oʻz navbatida jamiyatda barcha uchun amal qilinishi majburiy boʻlgan qonun hujjtlariga ogʻishmay rioya qilishlarini soʻrab qolgan boʻlar edik.

 

Mualiflar:

 

Bekobod tuman adliya boʻlimi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlinmasi bosh maslaxatchisi Musayev Sunnatillo Soibjonovich

 

Bekobod tumani IIB xuzuridagi Tergov bulimi tergovchisi katta leytenant Mamaroziyev Jasurbek Ravshanbekovich