Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida yangilik va yengillik Davlat xizmatlaridan masofadan foydalanish, yaʼni onlayn foydalanish uchun eng muhim narsa bu – shaxsni identifikatsiya qilishdir.


 

Davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida yangilik va yengillik

Davlat xizmatlaridan masofadan foydalanish, yaʼni onlayn foydalanish uchun eng muhim narsa bu – shaxsni identifikatsiya qilishdir.

Ana shunday identifikatsiya vositasi boʻlib koʻp yillar davomida elektron raqamli imzo kaliti hisoblangan.

Elektron raqamli imzo kaliti (ERI) kalitining asosiy kamchiliklaridan biri shunda ediki – ushbu kalit orqali mobil qurilmalar smartfonlar orqali onlayn xizmatdan foydalanish murakkab edi.

 

Ana shu maqsadda hamda hozirgi rivojlanayotgan hayot tarzi kompyuterdan koʻra, koʻproq mobil telefonlardan foydalanish ommalashayotganini inobatga olib, davlat xizmatlaridan aynan mobil qurilmalar va telefonlar orqali keng foydalanishni yoʻlga qoʻyish maqsadida Mobil-ID tizimi joriy qilindi.

 

 

– OneID tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlarining portal va axborot tizimlariga kirishda foydalanuvchilarning shaxsini tasdiqlash (autentifikatsiya qilish);

– Mobil-ID tizimidan foydalanayotgan foydalanuvchining haqiqiyligini tasdiqlash (verifikatsiya qilish);

– elektron davlat xizmatlaridan foydalanish boʻyicha berilgan arizalarni tasdiqlash;

– foydalanuvchi oʻzining shaxsiga doir maʼlumotlarni davlat organlari va tashkilotlari “Elektron hukumat” tizimi orqali olganda bu haqida xabarnomalar qabul qilish kabilar shular jumlasidandir.

 

Mobil-ID tizimida qanday roʻyxatdan oʻtiladi?

 

Tushunarli boʻlishi uchun shuni maʼlum qilamizki, Mobil-ID tizimi shaxsni uning – mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalashni nazarda tutadi.

 

Mobil-ID tizimidan roʻyxatdan oʻtish juda oson. Buning uchun siz bir marotaba shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan respublikada mavjud davlat xizmatlari markazlari yoki notariuslarga tashrif buyurishingiz kifoya, bunda:

 

– davlat xizmatlari markazi operatori yoki notariusga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etasiz va mobil raqamingizni maʼlum qilasiz;

– operator yoki notarius tizim orqali sizni “one.id” tizimi orqali roʻyxatga oʻtganligingizni tekshiradi va roʻyxatdan oʻtmagan boʻlsangiz roʻyxatdan oʻtkazadi;

– tizim orqali biometrik maʼlumotlaringiz tasdiqlanadi;

– telefon raqamingizga tasdiqlovchi kod yuboriladi va kod tizimga kiritiladi.

 

 

 

Piskent tumanu Adliya boʻlimi DXM

Bosh mutaxasisi                                                                                 X.Musayeva

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun nima qilish kerak?

 

????Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun ariza beruvchi DXMga oʻzi kelgan holda murojaat etishi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtishi kerak.

 

????Agar siz oʻzingiz kelib murojaat etgan taqdiringizda, DXM xodimlari sizning nomingizdan, YIDXP orqali murojaat etadilar va belgilangan shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradilar.

 

????Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma hamda soʻrovnomaga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinadi.

 

????Kadastr(yigʻmajildi) pasporti yoʻqolganda(yaroqsiz holga kelganda), qogʻoz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar olish xizmatidan foydalanish tartibi qanday?

 

????Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar yoki ularning vakillari davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtgan holda onlayn murojaat qiladilar. Bunda, davlat xizmati koʻrsatilgani uchun yigʻim undirilmaydi.

 

????imtiyozdan foydalanish huquqini beruvchi hujjat pensiya guvohnomasi;

????tibbiy maʻlumotnoma (davolovchi shifokor tomonidan beriladigan sanatoriy-sogʻlomlashtirish tavsiya etiladigan maʻlumotnoma).

 

????Yoʻllanmalar urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga birinchi navbatda beriladi.

 

????Yoʻllanmalar keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga 12 kunga, yoʻllanmalarning amal qilish muddati boshlanishidan 10 kun oldin (asosli sabablarga koʻra qaytarilgan yoʻllanmalar bundan mustasno) beriladi.

 

????Yoʻllanmalarning 12 kunlik amal qilish muddati oʻtgandan soʻng 5 kun ichida yoʻllanmalardan foydalanuvchi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan yoʻllanma boʻyicha sanatoriylarga murojaat qilinmaganda, berilgan yoʻllanmalar bekor qilinadi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Apostil qanday hujjatlarga qoʼyilmaydi?

 

✅Hukumatning 732-son qarori bilan tasdiqlangan “Rasmiy hujjatlarga apostil qoʼyish boʼyicha davlat xizmati koʼrsatishning” maʼmuriy reglamenti 5-bandiga asosan, apostil:

 

????Chet elda Oʼzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan sodir etilgan rasmiy hujjatlarga;

 

????Tijorat yoki bojxona operatsiyalariga toʼgʼridan toʼgʼri aloqador boʼlgan rasmiy hujjatlarga;

 

????Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolik pasportiga, identifikatsiya ID-kartasiga, harbiy biletga qoʼyilmaydi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Kadastr pasportini shakllantirish qaysi holatlarda bepul rasmiylashtirilishi haqida bilasizmi?

 

✅Hukumatning 535-son qaroriga (https://lex.uz/docs/-4977684) asosan quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

 

????Koʻchmas mulk obyekti boʻyicha birlamchi kadastr yigʻmajildi (pasporti) mavjud boʻlib, begonalashtirilganda yoki obyektda oʻzgarishlar (rekonstruksiya, qoʻshimcha va alohida qurilish) mavjud boʻlmaganda;

 

????Koʻchmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi oʻzgarganda;

 

????Kadastr yigʻmajildi (pasporti) yoʻqolganda (yaroqsiz holga kelganda va koʻchmas mulk obyekti koʻrsatkichlari oʻzgartirilmasdan).

 

❇️Mazkur davlat xizmatidan Davlat xizmatlari markaziga borgan holda yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron tarzda foydalanishingiz mumkin.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

OAV sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi “Ommaviy axborot va kommunikatsiyalar sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 1017-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur Reglament yuridik va jismoniy shaxslarga ommaviy axborot vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish tartibini belgilaydi.

2. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan ommaviy axborot vositalariga quyidagilar kiradi:

davriy bosma nashrlar (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, almanaxlar va boshqalar);

tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar, axborot agentliklari;

mahsulotlari Internet jahon tarmogʻi orqali tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, almanaxlar, tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar);

asosan bolalar, oʻsmirlar, nogironlar uchun moʻljallangan, shuningdek, taʼlim va madaniy-maʼrifiy yoʻnalishdagi ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, almanaxlar, tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar va boshqalar);

reklama xususiyatiga ega boʻlgan ommaviy axborot vositalari (reklama tarqatishga ixtisoslashgan gazetalar, jurnallar, bukletlar, tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar va boshqalar);

ommaviy axborot vositalarining boshqa turlari otlari va boshqalar).

Reklama xususiyatiga ega boʻlgan ommaviy axborot vositasi deyilganda davriy bosma nashr alohida soni hajmining 40 foizidan, tele-, radio dasturlarda eshittirish va koʻrsatuv har bir soatining 10 foizidan koʻprogʻini reklama xabarlari tashkil qiladigan ommaviy axborot vositasi tushuniladi.

Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.

Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun yigʻim undirilmaydi.

Ommaviy axborot vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma muddatsiz beriladi.

Ommaviy axborot vositalari qayta roʻyxatdan oʻtkazilganligi uchun davlat roʻyxatidan oʻtkazishda nazarda tutilgan davlat boji summasining 50 foizi miqdorida davlat boji undiriladi.

 

X. Musayeva,

tuman Adliya boʻlimi Davlat xizmatlari boʻlimi bosh mutaxassisi.