Янгиликлар
19
Avtomobillarni boshqarishda yana bir qulaylik
Avtomobillarni boshqarishda yana bir qulaylik
Bugungi kunda barcha sohalarda xususan joriy yilning 01 iyulidan avtotransport vositlarini oynasini tusini oʼzgartirishda ruxsatnomalarni olishda va toʼlovlarida imtiyozlar joriy etildi.
Yana bir qulaylik Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 iyuldagi “Аvtotransport vositalarini boshqarishda va yoʼnalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qoʼshimcha qulayliklar yaratish toʼgʼrisida” gi PQ-311 son qaroriga asosan 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi joriy etiladi.
• elektron shaklda rasmiylashtirilgan avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani notarial tasdiqlash talab etilmaydi;
• elektron ishonchnoma rasmiylashtirganlik uchun davlat boji uning amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda ishonchnomani notarial tasdiqlash uchun oʼrnatilgan davlat bojiga nisbatan :
bir oygacha boʼlgan muddatga — 10 foiz;
olti oygacha boʼlgan muddatga — 50 foiz;
uch yilgacha boʼlgan muddatga — 100 foiz to’lov to’lanadi.
Elektron ishonchnoma mavjudligi Davlat yoʼl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan mobil qurilmalar orqali tekshiriladi.
Piskent tuman Adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxasisi X.Musayeva
Бугунги кунда барча соҳаларда хусусан жорий йилнинг 01 июлдан автотранспорт воситларини ойнасини тусини ўзгартиришда рухсатномаларни олишда ва тўловларида имтиёзлар жорий этилди.
Яна бир қулайлик Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 7 июльдаги “Автотранспорт воситаларини бошқаришда ва йўналишсиз такси фаолиятини амалга оширишда қўшимча қулайликлар яратиш тўғрисида” ги ПҚ-311 сон қарорига асосан 2022 йил 1 сентябрдан бошлаб автотранспорт воситасини бошқариш ҳуқуқини берувчи ишончномаларни Ягона интерактив давлат хизматлари портали my.gov.uz орқали электрон шаклда расмийлаштириш тизими жорий этилади.
• электрон шаклда расмийлаштирилган автотранспорт воситасини бошқариш ҳуқуқини берувчи ишончномани нотариал тасдиқлаш талаб этилмайди;
• электрон ишончнома расмийлаштирганлик учун давлат божи унинг амал қилиш муддатидан келиб чиққан ҳолда ишончномани нотариал тасдиқлаш учун ўрнатилган давлат божига нисбатан қуйидаги фоизларда ундирилади:
бир ойгача бўлган муддатга — 10 фоиз;
олти ойгача бўлган муддатга — 50 фоиз;
уч йилгача бўлган муддатга — 100 фоиз.
• электрон ишончнома мавжудлиги Давлат йўл ҳаракати хавфсизлиги хизмати ходимлари томонидан мобил қурилмалар орқали текширилади.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari qanday xususiylashtiriladi.
Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda yakkar tartibdagi uy-joy qurish uchun yoki o’zboshimchalik bilan egallab olingan uy-joy “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, erga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror
Yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun ariza beruvchilar yer uchastkasi joylashgan tegishli hududdagi Davlat xizmatlari markazlariga o‘zlari kelgan holda murojaat qiladilar yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun my.gov.uz saytida ro‘yxatdan o‘tadi.
Tuman (shahar) qurilish bo‘limi hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning “Yerelektron” AATning ochiq elektron portali orqali yuborilgan takliflarini ko‘rib chiqish natijalari asosida “Yerelektron” AAT orqali tuman (shahar) hokimligiga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun berish mumkin bo‘lgan yer uchastkalari bo‘yicha takliflarni kiritib boradi.
Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lmagan holatlarda yer uchastkalari bo‘yicha taklif tuman (shahar) qurilish bo‘limi tomonidan tegishli hududiy arxitektura va shaharsozlik kengashlari hamda tegishli ravishda “O‘zshaharsozlikLITI” DUK, “ToshkentboshplanLITI” DUK va “Qishloqqurilishloyiha” MChJ bilan kelishgan holda ishlab chiqiladi.
yer uchastkasining joylashuv sxemasi;
hududning ijtimoiy infratuzilma obyektlari bilan ta’minlash normalariga muvofiqligi qismi bo‘yicha shaharsozlik qoidalari talablariga rioya qilgan holda yer uchastkasidan foydalanishning ruxsat berilgan turi;
mazkur yer uchastkasida qurilishga ruxsat berilgan yoki taqiqlangan obyektlar turlari ro‘yxati.
11. Tuman (shahar) hokimligi tuman (shahar) qurilish bo‘limining takliflariga asosan kadastr yig‘majildini rasmiylashtirish uchun buyurtmani shakllantiradi va uni elektron hujjat almashinuvi yo‘li bilan filialga yuboradi.
12. Filial tuman (shahar) hokimligidan buyurtma olgandan keyin o‘n ish kunida:
ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri ma’lumotlari asosida buyurtmada belgilangan yer uchastkasining bo‘sh yoki bo‘sh emasligini aniqlaydi;
yer uchastkasi bo‘sh bo‘lmagan taqdirda, tuman (shahar) hokimligi va tuman (shahar) qurilish bo‘limiga bu to‘g‘risida ma’lumot yuboradi;
bo‘sh yer uchastkasi bo‘yicha yer tanlash materiallarini tayyorlaydi va “Yerelektron” AATga joylashtiradi.
13. “Yerelektron” AATga joylashtiriladigan bo‘sh yer uchastkasi bo‘yicha yer tanlash materiallari quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
yer uchastkasining WGS-84 (World Geodetic System 1984) ochiq koordinatalar tizimida shartli chegaralari;
yer uchastkasining joylashuv sxemasi va geolokatsiyasi;
ushbu yer uchastkasidan foydalanish mumkin bo‘lgan faoliyat turlari;
yer uchastkasi, jumladan, uning maydoni (gektarda), yer uchastkasining yer fondi toifasi haqida qisqacha ma’lumot;
chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari ko‘rsatilgan vaziyat bilan bog‘liq sxema;
yer uchastkasiga tutash hududlardagi obyektlarning belgilangan maqsadi va turlari;
yer uchastkasini kamida ikki tomondan o‘rab turgan obyektlarning raqamli fotosurati.
Har bir yer uchastkasiga o‘ziga xos raqam beriladi.
14. Loyiha-qidiruv tashkiloti bo‘sh yer uchastkasi bo‘yicha yer tanlash materiallari “Yerelektron” AATga joylashtirilgan so‘ng:
a) joyiga chiqqan holda yer uchastkasi va unga tutash hududning yer osti kommunikatsiyalari aks ettirilgan topografik xaritasini mahalliy koordinatalar tizimida elektron shaklda quyidagi muddatlarda tayyorlaydi:
umumiy yer maydoni 5 gektargacha bo‘lganda — 10 ish kunida;
umumiy yer maydoni 5 gektardan ko‘p bo‘lganda — 25 ish kunida;
b) elektron shaklda tayyorlangan topografik xaritani “Yerelektron” AATga joylashtiradi. Topografik xaritada loyiha-qidiruv tashkiloti tomonidan tuman (shahar) qurilish bo‘limi bilan birga ko‘chalarning qizil chiziqlari belgilab beriladi.
15. Tuman (shahar) qurilish bo‘limi loyiha-qidiruv tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan topografik xaritani olgandan so‘ng bir ish kunida topografik xaritani va bo‘sh yer uchastkasi bo‘yicha yer tanlash materiallarini ilova qilgan holda “Yerelektron” AAT orqali yer uchastkasining joylashuvi quyidagi talablarga muvofiqligini:
a) tegishli hududlar va inshootlardan rejim asosida foydalanish hamda ularni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha — mazkur obyektlardan foydalanadigan hamda ularni ekspluatatsiya qiladigan tashkilotlar;
b) yong‘in xavfsizligi bo‘yicha — yong‘in xavfsizligi bo‘limlari, Toshkent shahrida — yong‘in xavfsizligi boshqarmasi;
v) yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha — davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hududiy organlariga kelishish uchun yuboradi.
16. Ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan tashkilotlar ularga so‘rov tushgan kundan boshlab uch ish kun ichida “Yerelektron” AATga tegishli belgini qo‘yish orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda materiallarni kelishadi yoki kelishishni rad etadi.
Kelishuv hech qanday e’tiroz va shartlarsiz amalga oshiriladi.
Kelishuv rad etilganda sohaga oid qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda yer uchastkasini tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi hamda mazkur yer uchastkalari aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga muvofiq emasligi aks ettiriladi.
17. Kelishuv natijalari “Yerelektron” AATga joylashtirilgandan so‘ng tuman (shahar) qurilish bo‘limi uch ish kuni ichida ushbu yer uchastkasi to‘g‘risida tegishli xulosani tayyorlaydi, bunda:
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarigacha bo‘lgan masofa to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
zarur hollarda loyiha-qidiruv tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan topografik xarita asosida yer uchastkasining chegaralariga o‘zgartirish kiritish yoxud yer uchastkasidan shaharsozlik cheklovlari quyilgan holda foydalanish bo‘yicha asoslangan taklif aks ettiriladi.
Tuman (shahar) qurilish bo‘limining xulosalari “Yerelektron” AATga elektron shaklda kiritiladi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
Xulosalar ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Xulosaning sarlavhasida “Ijobiy xulosa” yoki “Salbiy xulosa” degan so‘zlar ko‘rsatiladi.
Ijobiy xulosada yer uchastkasining mulkdoriga yoki ijarachisiga nisbatan shaharsozlik hamda boshqa norma va qoidalarga rioya etish talablari bayon etiladi.
Salbiy xulosada sohaga oid qonunchilik hujjatlari normalariga havola qilingan holda tadbirkorlik yoki shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi hamda mazkur yer uchastkalari aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga muvofiq emasligi aks ettiriladi.
Shu bilan birga, rad etish sabablarini bartaraf etish yuzasidan mavjud bo‘lgan barcha imkoniyatlar va qayta kiritishni nazarda tutuvchi tavsiyalar taqdim etadi.
Tuman (shahar) qurilish bo‘limi tomonidan xulosa tayyorlash haqi eng kam bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida belgilanadi va mazkur haq lotni sotishdan tushgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
18. “Yerelektron” AAT orqali tuman (shahar) qurilish bo‘limining ijobiy xulosasi olingandan so‘ng besh ish kuni ichida:
a) muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlar “Yerelektron” AAT orqali har bir yer uchastkasi bo‘yicha qurilish obyektini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash mumkin bo‘lgan quvvatlar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etadi;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari yer uchastkasi bo‘yicha tegishli xulosa tuzadi hamda uni elektron shaklda “Yerelektron” AATga kiritadi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.
Xulosalar ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Xulosaning sarlavhasida “Ijobiy xulosa” yoki “Salbiy xulosa” degan so‘zlar ko‘rsatiladi.
Ijobiy xulosada yer uchastkasining mulkdoriga yoki ijarachisiga nisbatan shaharsozlik hamda boshqa norma va qoidalarga rioya etish talablari bayon etiladi.
Salbiy xulosada sohaga oid qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda tadbirkorlik yoki shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi hamda mazkur yer uchastkalari aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga muvofiq emasligi aks ettiriladi;
v) Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniy meros boshqarmalari materiallarni kelishadi yoki kelishishni rad etadi;
g) Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo‘llari bosh boshqarmalari avtomobil yo‘llarining yo‘l bo‘yi mintaqasi hududida joylashgan yer uchastkalari bo‘yicha materiallarni kelishadi yoki kelishishni rad etadi.
Bunda “Yerelektron” AATda qabul qilingan qaror haqida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadigan tegishli belgi qo‘yiladi.
Kelishuv hech qanday e’tiroz va shartlarsiz amalga oshiriladi.
Kelishish rad etilganda sohaga oid qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda tadbirkorlik yoki shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi hamda mazkur yer uchastkalari aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga muvofiq emasligi aks ettiriladi.
Shu bilan birga, rad etish sabablarini bartaraf etish yuzasidan mavjud bo‘lgan barcha imkoniyatlar va qayta kiritishni nazarda tutuvchi tavsiyalar taqdim etiladi.
19. “Yerelektron” AATga koordinatalari kiritilgan tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun berilishi mumkin bo‘lmagan hududlarda joylashgan, salbiy xulosalar berilgan yer uchastkalari auksionga chiqarilmaydi va ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatilgan holda “Yerelektron” AATda ushbu xulosa olingan kundan boshlab bir ish kuni ichida e’lon qilinadi.
20. Yer uchastkasi bo‘yicha tuman (shahar) qurilish bo‘limi va barcha vakolatli tashkilotlardan ijobiy xulosa “Yerelektron” AATga joylashtirilgandan so‘ng filial o‘n ish kunida kadastr yig‘majildini tayyorlaydi va tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
Filialning kadastr yig‘majildini tayyorlash hamda hududiy boshqarmaning yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha xarajatlari Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori talablariga muvofiq belgilanadi va tuman (shahar) mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
21. Tuman (shahar) hokimligi ikki ish kunida “E-qaror” tizimida qaror loyihasini ishlab chiqadi, kelishadi va ro‘yxatdan o‘tkazadi hamda “Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali mulk huquqi bilan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun tegishli Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga (keyingi o‘rinlarda — Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi) yuboradi.
22. Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi ikki ish kunida:
buyurtmada ko‘rsatilgan yer uchastkasi ma’lumotlarining Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshiradi;
yer uchastkasiga nisbatan taqiqning yoki xatlovning mavjudligini tekshiradi;
tegishli tuman (shahar) hokimligi nomiga yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va ko‘chirmani “Yerelektron” AAT kiritadi.
23. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan va kelishuv natijalari va ijobiy xulosalar olinganidan so‘ng tuman (shahar) hokimligi ikki ish kuni ichida quyidagilarni:
auksionga chiqariladigan bo‘sh turgan yer uchastkasining huquq turini;
yer uchastkasi bo‘yicha yoki undan foydalanishga nisbatan mavjud cheklovlarni;
auksionga ijara huquqi bilan chiqariladigan yer uchastkasi bo‘yicha ijara muddati va tegishli hokim tomonidan ERI orqali imzolangan ijara shartnomasining loyihasini belgilaydi va “Yerelektron” ATTga kiritadi.
24. Tuman (shahar) hokimligi tomonidan ma’lumotlar “Yerelektron” ATTga kiritilganidan so‘ng:
a) yer uchastkasi mulk huquqi bilan auksionga chiqarilganda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi:
barcha hujjatlar to‘liq taqdim etilgandan boshlab o‘n besh ish kuni ichida eng yaxshi takliflarni tanlash orqali baholovchi tashkilotni aniqlash, u bilan shartnoma tuzish, yer uchastkasining bozor qiymatini aniqlash ishlarining tashkil etilishini ta’minlaydi;
o‘n ish kuni ichida shartnoma asosida mustaqil ekspertni (baholovchi, auditorlik, moliyaviy, konsalting tashkilotini) shartnoma asosida jalb etgan holda baholash to‘g‘risidagi hisobotning ishonchliligi ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlaydi;
bir ish kunida baholash tashkiloti tomonidan tayyorlangan hisobot va ekspertiza xulosasi asosida “Yerelektron” AATga yer uchastkasining boshlang‘ich narxini kiritadi;
b) yer uchastkasi ijara huquqi bilan auksionga chiqarilganda “Yerelektron” ATT avtomatik ravishda tegishli tuman (shahar) uchun belgilangan yer uchastkasiga ijara huquqining minimal qiymati asosida auksionga chiqarilayotgan yer uchastkasini ijaraga olish huquqining boshlang‘ich qiymatini belgilaydi.
25. Yer uchastkasini ijaraga olish huquqining minimal qiymati har bir tuman (shahar) uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlari qarorlari bilan quyidagi mezonlar bo‘yicha tasdiqlanadi:
yer solig‘ining yillik miqdori;
yer uchastkasini ijaraga berish muddati;
yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash ishlarining qiymati va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga oid xarajatlar;
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish nuqtalarining mavjudligi.
Har bir tuman (shahar) uchun yer uchastkasiga ijara huquqining minimal qiymati u tasdiqlangan sanadan e’tiboran ikki ish kuni ichida davlat soliq xizmati organlari tomonidan “Yerelektron” AATga kiritiladi.
Oxirgi tasdiqlangan yer uchastkasini ijaraga olish huquqining minimal qiymati uning yangi qiymati tasdiqlangunga qadar amalda bo‘ladi.