Янгиликлар
Ish haqi saqlanmagan holda beriladigan ta’tillar
Ish haqi saqlanmagan holda beriladigan ta’tillar
Xodimning arizasiga ko‘ra unga ish haqi saqlanmagan holda ta’til berilishi mumkin, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi, lekin u o‘n ikki oylik davr mobaynida jami uch oydan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Quyidagi xodimlarga ularning xohishiga ko‘ra, ish haqi saqlanmagan holda muqarrar tartibda ta’til beriladi:
1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari jihatidan ularga tenglashtirilgan shaxslarga — har yili o‘n to‘rt kalendar kunga qadar;
ishlayotgan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga — har yili o‘n to‘rt kalendar kunga qadar;
ikki yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan bolani parvarish qilayotgan ayollarga
o‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolani tarbiyalayotgan ayollarga — har yili o‘n to‘rt kalendar kunga qadar;
mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasi shartlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Olmaliq shahar YUXKM
bosh yuriskonsulti Matluba Ashurova