Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʼqitishga sarflangan byudjet mablagʼlarini undirish tartibi tasdiqlandi.


Oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʼqitishga sarflangan byudjet mablagʼlarini undirish tartibi tasdiqlandi.

 

Vazirlar Mahkamasining 22.07.2022 yildagi 398-son qarori (https://lex.uz/uz/docs/6126745) bilan Harbiy xizmatchilarni oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʼqitishga sarflangan byudjet mablagʼlarini undirish tartibi toʼgʼrisida nizom (https://lex.uz/uz/docs/6126745#6127703) tasdiqlandi.

Mazkur Nizom harbiy xizmatchilarni oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʼqitishga sarflangan byudjet mablagʼlarini undirish tartibini belgilaydi.

Ushbu Nizom oliy harbiy taʼlim muassasalarida byudjet mablagʼlari hisobidan oʼqigan va oʼqishni tamomlagandan soʼng tuzilgan kontrakt boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida, harbiy xizmatni oʼtash nazarda tutilgan vazirliklar va idoralarning markaziy apparatlari, harbiy okruglari (birlashmalari, boshqarmalari), qoʼshilmalari, harbiy qismlari, harbiy taʼlim muassasalari va boshqa harbiy boʼlinmalarida (keyingi oʼrinlarda — harbiy qismlar (muassasalar)) ofitserlar tarkibi lavozimlarida harbiy xizmatni utayotgan, shuningdek, harbiy xizmatda qoldirilgan holda davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga xizmat safariga yuborilgan harbiy xizmatchilarga nisbatan tatbiq etiladi.

Ushbu nizomga koʼra, Undiriladigan byudjet mablagʼlarining miqdori quyidagicha:

Harbiy xizmatchini oliy harbiy taʼlim muassasasida oʼqitishga sarflangan byudjet mablagʼlari, u rezervga boʼshatilgan vaqtdagi:

a) Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida turt yillik oʼqish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 300 baravari;

b) Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasida ikki yillik OʼQISh UChUN — bazaviy hisoblash miqdorining 650 baravari;

v) Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida ikki yillik oʼqish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 650 baravari;

g) Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Chirchiq oliy tank qoʼmondonlik muhandislik bilim yurtida:

toʼrt yillik oʼqish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 300 baravari;

besh yillik oʼqish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 600 baravari;

d) Oʼzbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida:

besh yillik oʼqish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 600 baravari;

besh yillik oʼqish (uchuvchilar tarkibini tayyorlash) uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 3 000 baravari;

ye) Oʼzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida besh yillik uqish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 600 baravari;

j) Аmir Temur nomidagi Oʼzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasida turt yillik UKISh uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 300 baravari;

z) Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida:

toʼrt yillik oʼqish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 300 baravari;

besh yillik oʼqish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 600 baravari miqdorida undirilishi belgilangan.

Jumanov Zafar

Quyi Chirchiq tuman adliya bo’limi bosh maslahatchisi.