Янгиликлар
Yurtimizda imkoniyati cheklangan(nogironligi bo`lgan) shaxslarga berilgan imtiyoz va yengilliklar.
Yurtimizda imkoniyati cheklangan(nogironligi bo`lgan) shaxslarga berilgan imtiyoz va yengilliklar.
O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga bir qancha imtiyozlar, yengilliklar mavjud bo`lib, uning salmoqli qismini imkoniyati cheklangan, ya’ni nogironligi bo`lgan shaxslarga tegishlidir. Ularga berilgan imtiyozlar quyidagilar:
Nogironligi bo'lgan shaxslar uchun OTMda davlat granti asosida qo'shimcha qabul kvotasi ajratiladi.
Nogironligi bo'lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan to'xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi.
I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga DXM va (yoki) YIDXP orqali xizmat ko'rsatishda 50 foiz miqdorida chegirma qo'llaniladi.
Nogironligi bo'lgan shaxslar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat ro'yxatidan (qayta ro'yxatdan) o'tkazish uchun davlat boji undirilmaydi .
Nogironligi bo'lgan 18 yoshgacha bolalar, 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslarga nafaqa tayinlashda davlat xizmatlari bepul ko'rsatiladi.
I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar bolalarini davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga qabul qilishda imtiyozli ro'yxatga kiritilgan
Tegishli tibbiy xulosa asosida muhtoj shaxslarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitasiya qilishning texnik vositalari beriladi
Nogironligi bo'lgan shaxslar sanatoriy-kurortda bepul sog'lomlashtirish huquqiga ega
I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarning mulkida bo'lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi
Mehmonxonalarda nogironligi bo'lgan shaxslar uchun alohida sharoitga ega xona tashkil etiladi
Xizmat turar joylarida yashayotgan I va II guruh nogironlari xizmat uyidan boshqa turar joy bergan holda ko'chiriladi.
Nogironligi bo'lgan yoshlarga BHMning 50 baravarigacha (15 mln so'mgacha) subsidiya ajratiladi.
Budjet mablag'lari hisobiga moliyalashtiriladigan basseynlarda shug'ullanish va ulardan foydalanish uchun nogironligi bo'lgan bolalar to'lovdan ozod etiladi.
Bolalikdan nogiron bo'lganlar, shuningdek I va II guruh nogironlarining MHTEKMning 3 baravari (2 mln 760 ming so'm) miqdoridagi mablag'lari daromad solig'iga tortilmaydi va boshqa bir qancha imtiyoz va yengilliklar mavjud. Bu yurtimizda fuqarolarga etiborning nechog`lik katta ekanligining yorqin namunasidir.
Zafar Jumanov
Quyi Chirchiq tuman adliya bo’limi bosh maslahatchisi