Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Bu yilgi kuz-qish mavsumi uchun tayyorgarlik Davlat miqyosida.


Bu yilgi kuz-qish mavsumi uchun tayyorgarlik Davlat miqyosida.

 

Aholida kuz-qish mavsumida oziq-ovqat maxsulotlari bilan bir qatorda komunikatsiya tuzilmalaridan ham muammo bo`lmasligi uchun Davlat miqyosida tayyorgarlik boshlangan.

 

Ushbu masala yuzasidan joriy yilning 23-sentabr kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2022/2023 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 522-sonli qarori qabul qilindi.

 

Qarorda quyidagilar nazarda tutilmoqda:

barcha hududlarda maqbul narxlarda oziq-ovqat yarmarkalarini tashkil etish;

“Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga ko‘mir va suyultirilgan gazni o‘z vaqtida yetkazib berish hamda bolalarni issiq kiyim-kechak bilan ta’minlash;

olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarni hamda tabiiy ofatlar tufayli yo‘llar talofat ko‘rishi ehtimoli mavjud qishloq va ovullarga ko‘mir va suyultirilgan gazni yetkazib berish hamda 15-20 kunga yetadigan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini yaratish.

 

Bundan tashqari, ushbu qaror asosida elektr, gaz, suv ta’minoti, issiqlik energiyasi, ko‘mir, suyultirilgan gaz va boshqalar bilan ta’minlashni nazarda tutuvchi iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi.

Ularga ko‘ra, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlashga 1,99 trln so‘m ajratiladi, 737 km issiqlik tarmoqlari, 1,8 ming km suv ta’minoti tarmoqlarini profilaktika va ta’mirlash hamda 1,68 mln tonna ko‘mir zaxirasini yaratish rejalashtirilmoqda.

Qaror ijrosi yuzasidan mas’ul idoralarga mavsumga tayyorgarlik jarayoni to‘g‘risida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari oldida hisobot beriib borish vazifasi yuklatilgan.

 

Bunday qaror va loyihalarni ko`payishi yurtimizda inson qadrining nechog`lik muhim ahamiyat kasb etishi va shu bilan birgalikda, davlat siyosati ham ush bu asosga tayangan holdi olib borilayotganligini ko`rishimiz mumkin.        

 

Jo’shqin Badalov
Quyi Chirchiq tumanadliya bo’limi boshlig’i