Янгиликлар
ENDILIKDA HAR QANDAY TASHKILIY-HUQUQIY SHAKLDAGI TASHKILOTLAR ICHIMLIK SUVINI YETKAZIB BERISHI MUMKIN
ENDILIKDA HAR QANDAY TASHKILIY-HUQUQIY SHAKLDAGI TASHKILOTLAR ICHIMLIK SUVINI YETKAZIB BERISHI MUMKIN
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022 yil 22 iyuldagi “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi O‘RQ-784-son Qonun imzolandi.
Qonun bilan iste’molchilarning belgilangan sifatdagi ichimlik suvi bilan ta’minlanishi kafolatlanadi. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi tashkilotlar ichimlik suvi ta’minoti tashkiloti sifatida faoliyatni amalga oshirishi mumkin. Ular iste’molchining hayotiga, sog‘lig‘iga hamda mol-mulkiga moddiy va ma’naviy zarar yetkazganlik uchun javobgar bo‘ladilar.
Ichimlik suvi inshootlari suv ta’minoti darajasi bo‘yicha quyidagi toifalarga bo‘linadi:
• І toifa – xizmat ko‘rsatiladigan aholi soni 50 mingdan ortiq;
• ІІ toifa – xizmat ko‘rsatiladigan aholi soni 5 mingdan 50 minggacha;
• ІІІ toifa – xizmat ko‘rsatiladigan aholi soni 5 minggacha.
Ichimlik suvi epidemiologik, radiatsiyaviy va kimyoviy jihatdan xavfsiz bo‘lishi kerak. Ichimlik suvi sifatining tahlili ichimlik suvi ta’minoti tashkilotlarining laboratoriyalarida amalga oshiriladi.
Ichimlik suvi quyidagi hollarda transportda yetkazib beriladi:
• ichimlik suvi ta’minoti tashkilotining tarmoqlari mavjud bo‘lmagan hududlarga;
• ichimlik suvi tarmoqlarining inshootlaridagi avariyalar chog‘ida;
• ichimlik suvi ta’minoti tarmoqlarida ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshirilayotganda;
• favqulodda vaziyatlarda.
Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lov viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi va OAVda e’lon qilinganidan keyin 15 kun o‘tgach kuchga kiradi.
Kazimbayev Abdulaziz Yursinali o’g’li
Quyi Chirchiq tuman adliya bo’limi yetakchi maslahatchisi