Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

AYOLLAR DAFTARIGA KIMLAR KIRITILADI?


 

AYOLLAR DAFTARIGA KIMLAR KIRITILADI?

            Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 martdagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan «Ayollar daftari»ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq «Ayollar daftari»ga                         30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi:

            ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar — bandligi ta'minlanmagan, ishlash istagida bo‘lgan va daromad manbaiga ega bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;

           tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar — bandligi ta'minlanmagan, tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar;

           boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar — boquvchisi vafot etgan, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan, ruhiy kasallikka chalingan, I-II guruh nogironligi bo‘lgan hamda doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan, bedarak yo‘qolgan (sud qaroriga asosan) ehtiyojmand xotin-qizlar, shuningdek, nikohi bekor qilingan ehtiyojmand xotin-qizlar va ehtiyojmand yolg‘iz onalar (FHDYo organlarining ma'lumotnomasi asosida);

           ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar — mehnatga layoqatsiz, o‘zgalar parvarishiga, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;

           uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar — noturar joylarda istiqomat qilayotgan, doimiy yashash uchun turar joyi bo‘lmagan, bir xonadonda (kichik hovlida) uch va undan ortiq oila yashayotgan (uy-joy maydoni belgilangan ijtimoiy normadan kam bo‘lgan), biroq o‘zining yoki birgalikda yashovchi oila a'zolarining nomida turar joy mavjud bo‘lmagan, xususiy uy-joy fondida ijara huquqi asosida istiqomat qilayotgan ehtiyojmand xotin-qizlar;

           qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar — nogironligi bo‘lgan voyaga yetmagan (I guruh nogironligi bo‘lgan farzandi yoshidan qat'iy nazar) farzandini bevosita parvarishlayotgan ehtiyojmand xotin-qizlar.

            Bunda «Ayollar daftari» ro‘yxatiga kiritiladigan xotin-qizlar yuqoridagi toifalardan faqat biriga kiritilishi mumkin.

            «Ayollar daftari»ga xotin-qizlar yashab turgan joyi bo‘yicha kiritiladi, bunda xotin-qizlarning yashash joyi bo‘yicha doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatda turmasligi «Ayollar daftari»ga kiritishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.

 

 

        Bekobod shahar adliya bo‘limi Yuridik

xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti                                         J.Norqo‘ziyev