Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

AYRIM TOIFADAGI SOLIQ TO‘LOVChILARNING DAROMAD SOLIG‘I KAMAYTIRILADI


AYRIM TOIFADAGI SOLIQ TO‘LOVChILARNING DAROMAD SOLIG‘I KAMAYTIRILADI

 

Soliq kodeksiga ko‘ra quyidagi soliq to‘lovchilar soliq solishdan qisman (daromadlar qaysi oyda olingan bo‘lsa, o‘sha oyda har bir oy uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdoridagi daromadlar, ushbu qismning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslar uchun esa mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdoridagi daromadlar bo‘yicha) ozod etiladi:

«O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan shaxslar, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan shaxslar.

urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonunchilik bilan belgilanadigan, ularga tenglashtirilgan shaxslar.

bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.

           sobiq SSSRni, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoxud harbiy xizmatning yoki ichki ishlar organlaridagi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib bo‘lganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari).

           ikki va undan ortiq o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalari bor yolg‘iz onalar.

ikki va undan ortiq o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalari bor hamda boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya olmaydigan beva ayol va beva erkaklar.

bolaligidan nogironligi bo‘lgan shaxs, doimiy parvarishni talab etadigan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota yoki ona.

Ushbu moddada nazarda tutilgan soliq imtiyozlari tegishli hujjatlar taqdim etilgan taqdirda qo‘llaniladi.

Agar soliq to‘lovchi ushbu moddada nazarda tutilgan bir nechta asos bo‘yicha soliq imtiyoziga doir huquqqa ega bo‘lsa, unga xohishiga qarab faqat bitta soliq imtiyozi beriladi.

Soliq imtiyozini qo‘llash soliq to‘lovchining asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyi bo‘yicha, asosiy ish joyi mavjud bo‘lmagan taqdirda esa — yashash joyidagi soliq organlari tomonidan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliqni hisoblab chiqarish chog‘ida amalga oshiriladi.

Ushbu soliq imtiyozlari soliq to‘lovchining foizlar va dividendlar tarzida olingan daromadlariga, shuningdek mol-mulkni ijaraga topshirishdan olingan daromadlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.

 

            Bekobod shahar adliya

            bo‘limi boshlig‘i                                                                    X.Bibayev