Янгиликлар
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida kam ta'minlangan oilalarning hamda boquvchisini yo‘qotgan ayollarning farzandlarini to‘lovlardan ozod qilinadi
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida kam ta'minlangan oilalarning hamda boquvchisini yo‘qotgan ayollarning farzandlarini to‘lovlardan ozod qilinadi
Maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi (maktab-internatlardagi) bolalar umumiy sonining 15 foizi doirasida «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali kam ta'minlangan deb e'tirof etilgan oilalar farzandlari to‘lovdan ozod qilinadi. Bunda, birinchi navbatda ota-onalaridan biri yoki ikkalasi I yoxud II guruh nogironligi bo‘lgan kam ta'minlangan oila farzandlariga, shuningdek, o‘rtacha oylik jami daromadi eng past darajada bo‘lgan kam ta'minlangan oila farzandlariga imtiyoz beriladi.
Boquvchisini yo‘qotgan ayollarning farzandlari belgilangan kvotadan qat'i nazar ota-onalar to‘lovidan ozod qilinadi.
To‘lovdan ozod qilinadigan bolalar ro‘yxati quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar asosida shakllantiriladi:
kam ta'minlangan oilalarning farzandlari uchun «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali berilgan oila kam ta'minlangan deb e'tirof etilganligi to‘g‘risidagi ma'lumotnoma;
boquvchisini yo‘qotgan ayollarning farzandlari uchun (quyidagi tasdiqlovchi hujjatlardan biri taqdim etilishi mumkin):
boquvchisini yo‘qotgan ayol boquvchisining o‘lim haqidagi guvohnomasi;
boquvchisining bedarak yo‘qolgan deb topish to‘g‘risidagi sudning hal qiluv qarori;
o‘lim holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan ma'lumotnoma;
davlat xizmatlari markazi orqali berilgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida o‘lim qayd etilganligi haqida ma'lumotnoma.
Bunda, kam ta'minlangan oilaning «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimiga kiritilganligi to‘g‘risidagi ma'lumotnoma maktabgacha ta'lim tashkiloti tomonidan mas'ul davlat organlari va tashkilotlaridan «Elektron hukumat» tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi.
Foydalanilgan manba. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va Moliya vazirligining 2016 yil 25 iyuldagi 8-mh va 55-son qaroriga ILOVA Maktabgacha ta'lim tashkilotlari va maktab-nternatlardagi bolalar ta'minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi NIZOM
Bekobod shahar adliya
bo‘limi boshlig‘i X.Bibayev