Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

AYRIM TOIFADAGI IJIMOIY MUHOFAGA MUHTOJ FUQAROLAR MOL-MULK SOLIG‘IDAN OZOD QILINADI.


AYRIM TOIFADAGI IJIMOIY MUHOFAGA MUHTOJ FUQAROLAR                 MOL-MULK SOLIG‘IDAN OZOD QILINADI.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 421-moddasiga ko‘ra ayrim toifadagi   fuqarlarni bo‘lgan mol-mulk soliq solishdan ozod etilishi belgilangan.

Xususan, quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk oltmish kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi:

1) o‘n nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining. Mazkur imtiyoz fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining bolalar borligini tasdiqlovchi ma'lumotnomasi asosida beriladi;

2) pensionerlarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi;

3) I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma'lumotnomasi asosida beriladi;

Ushbu moddada ko‘rsatib o‘tilgan soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan shaxslar soliq imtiyozini olishga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq solish ob'ekti joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.

Ushbu moddada belgilangan soliq imtiyozlari mulkdorning tanloviga ko‘ra faqat bitta yashash uchun mo‘ljallangan ko‘chmas mulk ob'ektiga tatbiq etiladi.  

 

 

            Bekobod shahar adliya

            bo‘limi boshlig‘i                                                                X.Bibayev