Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

PENSIYADAN CHEGIRMALAR QACHON AMALGA OSHIRILADI?


PENSIYADAN CHEGIRMALAR QACHON AMALGA OSHIRILADI?

 

Qonunchilikda fuqarolarning pensiya to‘lovlaridan qaysi holatlarda chegirma qilish (ushlab qolish) qolish tartiblari belgilab qo‘yilgan.

“Fuqarolarning davlat pensiya taъminoti to‘g‘risid”gi qonuniga asosan pensiyalardan chegirmalar:

sudning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari va hukmlari (mulkiy undirishlar borasida), notarial idoralarning ijro varaqalari hamda O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq ijrosi sud hal qiluv qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladigan boshqa hal qiluv qarorlari va qarorlar asosida;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining qaroriga binoan — pensionerga uning tomonidan qilingan suiiste'molliklar oqibatida (qasddan noto‘g‘ri hujjatlarni taqdim etish, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlangan oila a'zolari tarkibidagi o‘zgarishlar haqida ma'lumotlar taqdim etmaslik natijasida) yoxud hisoblashdagi yoki boshqa texnik xato oqibatida pensiya miqdoridan ortiqcha pullar to‘langan taqdirda qilinishi mumkin.

Tekshirish (o‘rganish) o‘tkazish boshlangan sanadan avvalgi uch yil va undan ortiq davrda tayinlangan va (yoki) qo‘shimcha taqdim etilgan hujjatlarga binoan qayta hisoblangan pensiyalarning tekshirilishiga (o‘rganilishiga) hamda ular bo‘yicha to‘langan ortiqcha summalarning ushlab qolinishiga (undirilishiga) yo‘l qo‘yilmaydi.

Pensioner O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining pensiyadan ortiqcha to‘langan summalarni ushlab qolish to‘g‘risidagi qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, aniqlangan qarzdorlik sud tartibida undiriladi.

Pensiyalardan yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidan tashqari boshqa hech qanday chegirmalar qilish mumkin emas.

Pensiyadan chegirmalar qilish miqdori pensionerga to‘lanishi lozim bo‘lgan puldan hisoblab chiqariladi.

Har oylik chegirmalar miqdori pensiyaning 50 foizidan oshishi mumkin emas.

Ortiqcha to‘langan pensiya puli bo‘yicha qarzdorlik to‘liq uzilgunga qadar pensiya to‘lash to‘xtatilgan hollarda (masalan, mehnat qobiliyati tiklanganligi tufayli) qolgan qarz sud tartibida undiriladi.

 

            Bekobod shahar adliya

            bo‘limi boshlig‘i                                                                  X.Bibayev